Qurilish mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi sohalaridan hisoblanadi. Ayniqsa oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan jadal investitsion siyosat sharoitida qurilish ishlari dinamikasini tadqiq qilish zarurati sezilmoqda. Mazkur maqolada 2015-2024 yillar bo’yicha statistik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida qurilish sohasining holati va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish vazifasi quyilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda qurilish sohasida mehnat unumdorligini oshirish va inson kapitalini rivojlantirish strategiyalari tahlil qilinadi. Qurilish sohasi mamlakat iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynab, infratuzilma, uy-joy va ish o‘rinlarini ta’minlaydi. Biroq mehnat unumdorligining pastligi va inson kapitalining yetarlicha rivojlanmaganligi loyiha samaradorligini kamaytiradi va xarajatlarni oshiradi. Maqolada ishchi kuchining malakasini oshirish, zamonaviy qurilish texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish va motivatsiya tizimlarini yaratish orqali mehnat unumdorligini yaxshilash usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat siyosati va korporativ strategiyalar orqali inson kapitalini rivojlantirish va samaradorlikni oshirish dolzarbligi ta’kidlanadi. Amaliy tavsiyalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, loyiha sifatini yaxshilash va qurilish sohasida barqaror rivojlanishga erishishga qaratilgan.
In this article, the aim is to study the market, to accelerate the marketing of manufactured products in the markets where they operate, to strengthen the effect of additional service after the sale of goods, to search for opportunities to increase product sales, new market segments, consumers groups, installation of new models, search for new consumption or application areas for the manufactured product were considered.
Maqolada qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirishning usullari ya’ni nusxalash va ilg’or tajribali tuzilmalarni yaratishning sifat usullari va iqtisodiy-matematik va tashkiliy madellashtirish usullari yoritib berilgan. Usullarning amaliyotda qo’llanilishining afzalliklari ko’rsatilgan.