Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim nima ekanligi uning mazmuni,maqsadi va tamoyillari bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentliklarini rivojlantirishda inklyuziv ta’limning o’rni va uning tasiri yoritilgan. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentliklarini rivojlantirishda inklyuziv ta’limga tayyorlashda pedagogik, psixologik, va ijtimoiy kompetentliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Мақолада солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар бўйича қарздорликларни камайтиришнинг хориж тажрибаси келтирилган. Шунингдек, солиқ қарзини қисқартишда илғор хориж тажрибаси ва амалиётининг ижобий жиҳатлари тадқиқ этилиб, уларни мамлакатимиз солиқ маъмурчилигида қўллаш имкониятлари юзасидан таклифлар ишлаб чиқилган.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy mamlakatlar bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari, ularning asosiy yo‘nalishlari, natijalari hamda istiqbollari yoritilgan. Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi ilg‘or davlatlarning tajribalari asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar tahlil qilinadi. Jadval va statistik ma’lumotlar orqali xalqaro hamkorlikning samaradorligi ko‘rsatilib, kelajakdagi takliflar va strategik yondashuvlar asoslab berilgan.
Tadqiqotda tuxumdonning o’smalari va o’smasimon shakllari bo'lgan 126 nafar prepubertal va o’smir yoshdagi qizlarni olib borish natijalari keltirilgan. Tuxumdon o’smalari va o’smasimon shakllari o’smir qizlarda ko'proq uchradi (84,1%); ayniqsa kech o'smirlik davrida (15-18 yosh) ko’proq aniqlangan; prepubertal va pubertal yoshdagi qizlarda tuxumdonning o’smasimon hosilalari va o’smalari orasida tuxumdon kistalari ko'proq aniqlandi; tuxumdonning yaxshi sifatli o'smalari orasida etuk teratoma ko'proq aniqlangan (74,5%); bemorlarning 67,4 foizida jarrohlik davolash amalga oshirildi.