Ushbu maqolaning asosiy maqsad va vazifalari — hozirgi vaqtdagi zamonaviy ta’lim tizimining sotsial funksiyalarini o‘rganish bo’yicha amaliy bosqichlarga asoslangan pedagogik tahlillarga asoslangan holda fikrlarni tahlil qilishdan iborat. Zamonaviy ta’lim dasturi sistemasining asosiy mohiyati ta’limning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tahlil qilish va pedagogik tadqiqotlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, tajribali o’qituvchilarimizning ta’lim berishdagi yangi metodikasi asosida ko’plab tahlillar va mulohazalar keltirib o’tilgan.
Данное исследование посвящено петрологическим характеристикам даек лампрофиров, расположенных в Каратовских горах, и их роли в эволюции магматизма Южно-Нуратинского хребта. Лампрофиры – магматические породы, богатые калием и летучими компонентами, образовавшиеся в условиях додугового и постколлизионного магматизма. В статье на основе обзора литературы рассматривается минеральный состав, петрохимические свойства и геодинамические условия формирования этих даек. Полученные результаты предоставляют новую информацию об эволюции палеозойской мантии и тектонических процессах в Южно-Нуратинском регионе. Целью исследования является определение роли даек лампрофиров в развитии регионального магматизма.
Mazkur maqolada ichki audit tekshiruv natijalarini shakllantirish va ularni rahbariyat hamda manfaatdor tomonlarga taqdim etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda ichki auditning tashkilot boshqaruvidagi o‘rni, tekshiruv jarayonining bosqichlari, audit natijalarini hujjatlashtirish va hisobotlarni tayyorlash tamoyillari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro standartlar (IIA, COSO, ISA) asosida ichki audit hisobotlarini samarali taqdim etish usullari, O‘zbekiston korxonalarida uchrayotgan amaliy muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada ichki auditning strategik boshqaruvdagi roli, rahbariyat qaror qabul qilishdagi ahamiyati hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari ham yoritib berilgan.
Мақолада фавқулодда вазиятларни олдини олиш ва бартараф этишда ҳорижий давлатларнинг ҳамкорлик соҳасидаги тажрибалари қиёсий-ҳуқуқий ва ташкилий-бошқарув ёндашуви асосида таҳлил қилинади. Тадқиқотда ҳамкорликнинг асосий институционал механизмлари — ягона бошқарув занжири (incident command), идоралараро штаблар, рискка асосланган сценарий режалаштириш, erta огоҳлантириш ва мониторинг тизимлари, ресурслар консолидацияси, логистика ва резервлар бошқаруви, аҳоли билан коммуникация, ҳамда қўшма ўқув-машқлар — тизимли кўриб чиқилади.