Mazkur ilmiy maqolada davlat boshqaruvida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy asoslari hamda ushbu jarayonda yuzaga keladigan huquqiy mas'uliyat masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot O'zbekiston qonunchiligini, xorijiy tajribani va xalqaro hujjatlarni qamrab oladi. Sun'iy intellekt qarorlarining huquqiy tabiati, javobgarlik subʼektlari va inson huquqlarini ta'minlash mexanizmlari yoritilgan.
Ushbu maqolada turistik korxonalarning daromadlari va ularning auditi masalalari ko‘rib chiqilgan bo’lib, daromadlar tuzilmasi, foyda manbalari va turistik kompaniyalarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Auditning mavjud usullari, jumladan ichki va tashqi audit, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini baholash va risklarni aniqlash maqsadida ko‘rib chiqilgan.
Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini samarali boshqarish uchun aniq va ishonchli prognozlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan yalpi ichki mahsulot (YAIM), inflyatsiya darajasi, ishsizlik ko‘rsatkichi, eksport-import hajmi va investitsiyalar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Mazkur maqolada qoraqalpoq xalqining qadimiy cholg‘u asboblaridan biri — qobuzning kelib chiqishi, tarixiy rivoji va musiqa madaniyatidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda arxeologik topilmalar, yozma manbalar va xalq og‘zaki ijodi materiallari tahlil qilinadi. Shuningdek, qobuzning tuzilishi, ijro uslubi hamda badiiy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola qobizni milliy madaniy meros sifatida o‘rganish va uni saqlash masalalarining dolzarbligini asoslashga qaratilgan.
Ushbu maqolada ortopedik stomatologiyada raqamli texnologiyalarning o‘rni, xususan CAD/CAM tizimlari va 3D printer yordamida protez tayyorlash jarayonlari keng yoritilgan. Zamonaviy texnologiyalar protezlash jarayonini tezlashtirish, aniqlikni oshirish va estetik natijalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda ushbu texnologiyalarning afzalliklari, cheklovlari, klinik amaliyotdagi qo‘llanilishi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.