Mazkur maqolada ekologik terminlarning ilmiy va amaliy sohalarda qo‘llanilish tendensiyalari tahlil qilingan. Ekologik terminologiyaning shakllanishi, rivojlanishi hamda turli fan tarmoqlari, jumladan, ekologiya, biologiya, geografiya, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ekologik terminlarning mazmuniy xususiyatlari, terminologik tizimdagi vazifalari va fanlararo kommunikatsiyani ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari ekologik terminologiyaning ilmiy bilimlarni tizimlashtirish, ekologik muammolarni tavsiflash va amaliy faoliyatda samarali qo‘llashdagi muhim rolini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada o‘zbek xalq hikmatlari tarkibida aks etgan xushmuomalalilik konseptining lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Xushmuomalalilik konseptining semantik tuzilishi, uning milliy-madaniy mazmuni hamda hikmatlarda ifodalanish usullari o‘rganiladi. Tadqiqot davomida shirinso‘zlik, hurmat-ehtirom, kamtarlik, mehr-oqibat va sabr-toqat kabi tushunchalarning xushmuomalalilik konseptining asosiy komponentlari ekanligi aniqlanadi. Hikmatlar xalqning ma’naviy qadriyatlari va kommunikativ madaniyatini aks ettiruvchi muhim lingvomadaniy birliklar sifatida baholanadi.
Ushbu maqolada ekologik muammolarni ifodalovchi metaforalarning lingvistik, kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Ekologik diskursda qo‘llaniladigan metaforalarning inson tafakkuri va ekologik ongni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tabiat, iqlim o‘zgarishi, ekologik inqiroz va atrof-muhit muammolarini ifodalashda uchraydigan konseptual metaforalar misollar asosida tahlil qilinadi.
English has become one of the most widely used languages in the world. As globalization continues to connect people from different countries, the demand for effective English language teaching methods has increased significantly. Communicative Language Teaching (CLT) is one of the most popular approaches used in modern language education. This article discusses the importance of CLT in developing students' speaking skills, its advantages, challenges, and practical applications in English language classrooms. The study highlights how communicative activities help learners improve fluency, confidence, and real-life communication abilities.
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetuk vakili Mirza Kenjabek ijodidagi tasavvufiy-erfoniy motivlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoir asarlaridagi "komil inson" g‘oyasining lisoniy va badiiy ifodalari, klassik an’analar va zamonaviy talqinning sintezi masalalari IMRAD standarti asosida o‘rganilgan. Shoir poetikasidagi ramzlar tizimi va lirik qahramon evolyutsiyasi filologik aspektda yoritilgan.