Ushbu maqola nemis romantizmining yetakchi vakili E.T.A. Hoffmanning "Qum odam" (Der Sandmann) asarida tush va voqelik o‘rtasidagi chegara, subyektiv idrok hamda "dahshatli g‘ayritabiiylik" (unheimlich) konsepsiyasini tadqiq etadi. Tadqiqotning maqsadi — bosh qahramon Natanielning ichki dunyosidagi psixologik jarayonlar qanchalik darajada obyektiv borliqni inkor etishini va romantik dunyoqarashdagi "ikki dunyolik" (Doppelgängertum) tushunchasini ochib berishdan iborat. Metodologiya sifatida qiyosiy-adabiy tahlil va Freydning psixoanalitik yondashuvidan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Hoffmann asarda tushni shunchaki tungi tasavvur emas, balki inson ongostidagi qo‘rquvlarning moddiylashgan shakli sifatida namoyon etadi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, muallif voqelikning nisbiyligini isbotlash orqali romantik realizmning o‘ziga xos modelini yaratgan.
Ushbu maqolada 1941-1945 yillarda Samarqand davlat universiteti (o‘sha davrdagi O‘zbekiston davlat universiteti) hayoti, front ortidagi faoliyati, evakuatsiya qilingan ilmiy muassasalar bilan hamkorligi va urush davri qiyinchiliklariga qaramay saqlab qolingan ilmiy salohiyati tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining nazariy-huquqiy asoslari, ularning demokratik jamiyatdagi o‘rni hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish jarayonlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Prezident farmonlari va siyosiy islohotlar asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Ushbu maqolada texnik tizimlar bilan bog’liq fanlarni o‘qitishda terminlar, tayanch so‘zlar va iboralarning o‘rni va ahamiyati, ularning o‘quv jarayonidagi roli, hamda samarali qo‘llash usullari tahlil qilinadi. Terminologiyaning to‘g’ri qo‘llanishi talabalarning bilimni chuqur va aniq o‘zlashtirishiga xizmat qilishi. Shuningdek, ilmiy tafakkurni shakllantirishdagi roli yoritiladi va texnik fanlarni o‘qitishda tayanch tushunchalar orqali bilimlarni tizimli ravishda o‘zlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Organik sintez organik kimyoning asoslaridan bo‘lib, oddiy yoki murakkab moddalardan yangi organik birikmalarni sun’iy yo‘l bilan hosil qilish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonlarni chuqurroq o’rganish va tahlil qilish uchun uglerod mavzusini o’rganish juda muhim. Ushbu mavzu o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatdagi jarayonlarni mantiqiy tushuntirish va kimyo faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada uglerod mavzusini o’qitishda “O‘ylang, Juftlaning, Ayting”, “Kaft” metodlaridan hamda “Uzum pishdi bog‘ga kir” o‘yinidan foydalanib darsni tashkil qilish metodikasi va uning natijalari haqida ma’lumot berilgan.