Tadqiqotda nazorat va eksperimental (gipodinamiya) holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laboratoriya kalamushlardan foydalanildi. Postnatal ontogenezning turli davrlarida miokardning morfologik tekshiruvlari shuni ko‘rsatdiki, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, eksperimental guruhda miokard kapillyarlarida staz va eritrotsitlar agregatsiyasi aniqlandi. Gipodinamiya holati kardiomiotsitlarning endotelial funksiyasini sezilarli darajada buzildi. Tajriba hayvonlarining barcha davrlarida miokard periferik qon aylanishining buzilishi natijasida miokard gipoksiyasi yuzaga kelgani qayd etildi. Shuningdek, miokard intramural arteriyalaridagi endotelial hujayralarda spazm, hamda stromaning perivaskulyar shishi aniqlangan.
В статье рассматривается проблема формирования культуры речи в условиях современной медиасреды, характеризующейся высокой степенью цифровизации, доступностью информации и активным развитием социальных сетей. Анализируется влияние медиатекстов, интернет-коммуникации и новых форм речевого взаимодействия на языковую норму и речевое поведение личности. Особое внимание уделяется роли образовательных институтов и средств массовой информации в формировании речевой культуры молодежи. Обосновывается необходимость системного подхода к развитию культуры речи в условиях медиареальности XXI века.
Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini samarali boshqarish uchun aniq va ishonchli prognozlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan yalpi ichki mahsulot (YAIM), inflyatsiya darajasi, ishsizlik ko‘rsatkichi, eksport-import hajmi va investitsiyalar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Mazkur maqolada qoraqalpoq xalqining qadimiy cholg‘u asboblaridan biri — qobuzning kelib chiqishi, tarixiy rivoji va musiqa madaniyatidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda arxeologik topilmalar, yozma manbalar va xalq og‘zaki ijodi materiallari tahlil qilinadi. Shuningdek, qobuzning tuzilishi, ijro uslubi hamda badiiy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola qobizni milliy madaniy meros sifatida o‘rganish va uni saqlash masalalarining dolzarbligini asoslashga qaratilgan.
Ushbu maqolada ortopedik stomatologiyada raqamli texnologiyalarning o‘rni, xususan CAD/CAM tizimlari va 3D printer yordamida protez tayyorlash jarayonlari keng yoritilgan. Zamonaviy texnologiyalar protezlash jarayonini tezlashtirish, aniqlikni oshirish va estetik natijalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda ushbu texnologiyalarning afzalliklari, cheklovlari, klinik amaliyotdagi qo‘llanilishi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.