In this article, I would like to show how important music and art are in human life. It is also the main factor that gives a person aesthetic pleasure and nourishes the human soul. Based on their abilities, they try to work in the direction or style they want, and when determining their abilities, they are divided into directions based on their interests.
Ушбу мақолада пилла қуртининг маҳаллий навлари пилласидан замонавий пилла ўраш машиналарида хом ипак сифат кўрсаткичларини баҳолаш ишлаб чиқиш бўйича олиб борилган илмий-тадқиқот ишлари натижалари келтирилган. Тадқиқот доирасида пилла ипларининг чизиқли зичлиги ЎзНИИШП ЛC тизимининг лаборатория пилланинг жонли ва қуруқ технологик кўрсаткичлари ўрганилди. Пиллаларни ўрганиш натижаларига кўра пиллалар сони, яъни чизиқли зичлиги 1,56 ва 1,89 текс бўлган ипак хомашёсини ечишда қайта ўраш машинасининг ушлагичи остида аниқланган. Шунингдек, махалий пиллалардан ишлаб чиқарилган хом ипак сифат кўрсаткичларини тадқиқ қилинди.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning shakllanish jarayoni, uning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, afzalliklari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvi tizimlariga joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va xalqaro raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalari yoritilgan. Maqolada “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar haqida fikr yuritiladi.
Maqolada Turkiya ta’lim tizimida olib borilayotgan zamonaviy islohotlar – raqamlashtirish, kompetensiyaga asoslangan o‘qitish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Turkiya tajribasi Finlyandiya, Janubiy Koreya va boshqa ilg‘or davlatlar ta’lim tizimi bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Turkiya islohotlarining samaradorligi hamda ularning O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ahamiyatli jihatlarini yoritadi.
Ushbu maqolada mintaqaviy iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni shakllantiruvchi asosiy omillar, ularning o‘zaro ta’siri hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda institutsional muhit, infratuzilma, innovatsion salohiyat, inson kapitali va investitsion jozibadorlik mintaqaning raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Natijalarga ko‘ra, kompleks yondashuv va hududiy boshqaruv samaradorligini oshirish orqali raqobatbardosh mintaqaviy iqtisodiyotga erishish mumkinligi isbotlangan.