Ushbu maqolada paxta (Gossypium hirsutum L.) yetishtirishda zararkunandalar turlarining paxta hosildorligiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotlar 2023–2024-yillarda Toshkent viloyatining paxta maydonlarida olib borildi. Amerika paxta tunlami (Helicoverpa armigera), paxta tripsi (Thrips tabaci), o‘rgimchakkanasi (Tetranychus urticae) va shira (Aphis gossypii) asosiy zararkunandalar sifatida qayd etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, zararkunandalar populyatsiyasi yuqori bo‘lgan yillarda hosilning 18–27 foizgacha kamayishi kuzatildi. Maqolada paxta zararkunandalariga qarshi kurashda biologik va agrotexnik choralarning samaradorligi muhokama qilinadi.
Mazkur maqolada pedagogik ta’limotlar tarixi fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari ilmiy tahlil etilgan. Unda qadimgi Sharq, Yunon-Rim davrlari, O‘rta asr Sharq allomalari, Yevropa Uyg‘onish davri olimlari hamda zamonaviy pedagogik oqimlarning asosiy g‘oyalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston hududida shakllangan milliy pedagogik an’analar, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari tahlil qilingan. Maqola zamonaviy ta’lim tizimida tarixiy-pedagogik merosdan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyatini ochib beradi.
Tasviriy san’at turlari ichida akvarel buyoqlar bilan ishlash o’ziga xos noyob texnika va noziklikni talab etadi. Akvarel buyo’g’i yengillik, shaffoflik va ranglar uyg’unligini ifodalash imkonini beradi. Shuning uchun u rangtasvir san’atida keng qullaniladi.