LEYOMIOMA BILAN KASALLANGAN HOMILADORLARDA UCHRASHI MUMKIN BO’LGAN ASORATLAR

Buxoro shahar tug‘ruq majmuasining ginekologiya bo‘limida davolanayotgan bachadon miomasi (leyomiomasi) bo‘lgan homilador ayollarda immunologik markerlarning erta va kech akusherlik asoratlarini bashorat qilishdagi ahamiyatini baholash.


13.11.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEK ROMANCHILIGINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI

Ushbu maqolada o‘zbek romanchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek adabiyotida roman janrining vujudga kelish omillari, uning XX asr boshidan to mustaqillik davriga qadar va zamonaviy bosqichdagi rivojlanish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek romanchiligining badiiy, ijtimoiy hamda falsafiy qirralari Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Oybek, Cho‘lpon, Pirimqul Qodirov, Tog‘ay Murod, Isajon Sulton kabi yozuvchilar ijodi misolida tahlil qilinadi.


13.11.2025 Volume Issue View more Download
SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “KO‘K DENGIZ” HIKOYASIDA TIL VA MILLAT MASALASI

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Koʻk dengiz” hikoyasida yoritilgan til va millat tushunchalari va ular bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Shuningdek, adib hayoti u yashagan muhit va odamlarning uning asarlariga qanchalik ta’sir etganligiga urg‘u beriladi. Hikoyadagi o‘tgan asrda Markaziy Osiyoda ildiz otgan til g‘urur masalasi, shu bilan birga millatlarning o‘ziga xos urf-odat va an’analari va o‘zligini saqlab qolish singari o‘rtaga tashlangan masalalar tahlil qilinadi


13.11.2025 Volume Issue View more Download
“TASHQI SIYOSAT VA MINTAQAVIY HAMKORLIK”

Ushbu maqola orqali hozirgi kunda O’zbekiston xorijiy davlatlar bilan olib borayotgan iqtisodiy integratsiya, xavfsizlik va barqarorlik, madaniy va ilmiy aloqalar, shuningdek, faol tashqi siyosat yuritishning ijobiy tomonlari qisqacha yoritib berilgan.


13.11.2025 Volume Issue View more Download
ESHITISH ORGANI KASALLIKLARI VA KOXLEAR IMPLANTATSIYA

Ushbu maqolada eshitish organining anatomik tuzilishi, eshitish qobiliyatining buzilish sabablari, eshitish organi kasalliklarining turlari hamda ularni davolashda qo‘llaniladigan eng samarali usullardan biri bo‘lgan koxlear implantatsiya haqida so‘z yuritiladi. Koxlear implantning tuzilishi, ishlash mexanizmi, uning inson hayotidagi ahamiyati va O‘zbekistonda ushbu texnologiyaning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.


13.11.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor