JASLAR TARBIYASINDA RUWHIYLIQ HÁM AǴARTIWSHILIQ JUMISLARINIŃ ÁHMIYETI

Bul maqalada házirgi globallasıw dáwirinde jaslar tarbiyasında ruwhıylıq hám aǵartıwshılıq jumıslarınıń tutqan ornı, jas áwladtıń keleshekte kámil insan bolıp jetilisiwindegi milliy hám ulıwmainsanıy qádiriyatlardıń áhmiyeti talqılanadı. Sonday-aq, jaslardıń ruwhıy dúnyasın bayıtıwdaǵı tálim-tárbiya mekemeleriniń wazıypaları hám bul baǵdardardaǵı jańa usıllar boyınsha usınıslar berilgen.


12.05.2026 Volume Issue View more Download
KIBERMAKONDAGI FIRIBGARLIK TURLARI VA ULARDAN HIMOYALANISHNING ZARURATI, TAJRIBASI, AHAMIYATI

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya davrida kibermakonda firibgarlikning rivojlanish tendensiyalari, asosiy turlari va ularning global hamda O‘zbekiston miqyosidagi ko‘lami tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy firibgarlik usullari — Ai-fishing, deepfake texnologiyalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kiberfiribgarlikdan himoyalanishning huquqiy va texnik jihatlari, O‘zbekistonning ushbu sohadagi sa’y-harakatlari o‘rganilgan.


12.05.2026 Volume Issue View more Download
QONUN USTUVORLIGI — DAVLAT TARAQQIYOTINING HUQUQIY POYDEVORI

Mazkur maqolada qonun ustuvorligi prinsipining huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurishdagi fundamental ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Qonun ustuvorligi davlat hokimiyati faoliyatining qonun bilan cheklanishi, barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar va davlat organlarining qonun oldida tengligi, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishi kabi asosiy mezonlar orqali ochib beriladi. Shuningdek, ushbu prinsipning davlat boshqaruvi samaradorligi, ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish hamda fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlar, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, inson huquqlarini ta’minlash hamda adolat mezonlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Xususan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson qadri, huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini oshirish, sud mustaqilligini ta’minlashga oid normalarning mazmun-mohiyati ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, maqolada rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida qonun ustuvorligini ta’minlashning samarali mexanizmlari, jumladan, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi, konstitutsiyaviy nazorat, korrupsiyaga qarshi tizimli kurash va fuqarolik jamiyati institutlarining roli qiyosiy-huquqiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida qonun ustuvorligini ta’minlash nafaqat huquqiy tizimning barqaror ishlashi, balki davlatning siyosiy legitimligi, investitsion jozibadorligi va uzoq muddatli taraqqiyotining muhim sharti ekanligi asoslab beriladi. Maqola yakunida qonun ustuvorligini yanada mustahkamlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, davlat organlari faoliyatida shaffoflik va javobgarlik mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.


08.05.2026 Volume Issue View more Download
BOLALARNING FUNKTSIONAL HOLATINI ANIQLAYDIGAN FIZIOLOGIK KO'RSATKICHLAR VA ULARNING IJTIMOIY-GIGIYENIK OMILLARGA BOG'LIQLIGI

Mazkur ishda bolalarning funktsional holatini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy fiziologik ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi hamda ularning ijtimoiy-gigiyenik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Bolalar organizmi rivojlanish jarayonida tashqi muhit ta’siriga juda sezgir bo‘lib, ovqatlanish, turmush sharoiti, jismoniy faollik, gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi omillar ularning sog‘lig‘i va funksional holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ishda yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, asab tizimi ko‘rsatkichlari hamda antropometrik o‘lchamlar asosida baholash usullari ko‘rib chiqiladi.


08.05.2026 Volume Issue View more Download
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА В ТЕКСТИЛЬНОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ УЗБЕКИСТАНА НА ОСНОВЕ МСФО

В данном исследовании рассматриваются методологические и практические аспекты внедрения международных стандартов финансовой отчетности (МСФО) на текстильных предприятиях. С учетом специфики отрасли – объема запасов сырья и значительного количества экспортных операций – проанализированы модели перехода от национальных стандартов к международной системе.


08.05.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor