Ushbu maqolada dasturlashning fundamental asosi hisoblangan algoritmlar va ularning matematik poydevori har tomonlama tahlil qilinadi. Algoritmlar shunchaki amallar ketma-ketligi emas, balki aniq belgilangan matematik qoidalar va strukturalar asosida qurilgan tizim bo‘lib, ular murakkab jarayonlarni optimallashtirish va resurslarni samarali taqsimlashda markaziy o‘rin tutadi. Maqolada dasturlashni o‘qitishning tarixiy rivojlanishi, ilk hisoblash mashinalaridan boshlab, bugungi kundagi zamonaviy blokli (Scratch, Blockly) va ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarigacha bo‘lgan yo‘l va ularning matematik kontseptsiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda matematik algoritmlarning samaradorligi, xususan, bajarilish vaqti va xotira iste’moli bo‘yicha optimallashtirish usullari hamda ularning amaliy ahamiyati yoritiladi. Dinamik dasturlash (masalan, yukxalta masalasi) va matrisali modellashtirish kabi matematik usullarning real dasturiy yechimlardagi o‘rni aniq misollar, xususan, Python va SQLite yordamida yaratilgan avtomatlashtirilgan tizimlar misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data) va robototexnika kabi zamonaviy sohalarda matematik algoritmlarning integratsiyasi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri muhokama etiladi.
Mazkur ilmiy maqolada matematik analiz fanining zamonaviy hayot va texnologiya bilan bog’liqligi va uning hayotga tatbiqi haqida gap boradi. Matematik Analiz ayniqsa uning zamonaviy rivojlanishida sezilarli darajada kengayib yangi sohalarga kirib bormoqda. Muammoning asosiy qismlari sifatida funksiya va uning tatbiqlari, limit, differensial va integral hisoblarining amaliy qo’llanilishi, hamda ularni tibbiyot, operatsion va fazoviy hayotda qo’llanilishi. Matematik analiz fani barcha fanlarni poydevori sifatida xizmat qiladi. Hozirgi kunda zamonaviy IT va sun’iy intellekt tizimlari to’liq matematik analiz qonuniyatlari asosida olib boriladi va shu haqida gapirib o’tamiz. Alohida e’tibor zamonaviy texnologiyalar davrida matematik analizning tutgan o‘rniga qaratilgan bo‘lib, unda kompyuter dasturlari (Matlab, Mathematica, Python), Katta ma'lumotlar (Big Data) tahlili va Mashina o‘rganish (Machine Learning) algoritmlarining qo‘llanilish imkoniyatlari bayon etilgan. Xulosa sifatida, matematik analizning fizik, iqtisodiy va muhandislik masalalarini samarali yechishdagi roli hamda kelajakdagi ilmiy taraqqiyotdagi ahamiyati ta’kidlanadi.
Mazkur maqolada Alisher Navoiy qit’alarida xalq og‘zaki ijodi elementlarining poetik funksiyasi tadqiq etiladi. Shoir qit’alarida xalq hikmatlari, maqollar, tasavvufiy qarashlar hamda xalqona tafakkur namunalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida Navoiy qit’alaridan namunalar asosida xalq og‘zaki ijodiga xos motivlar, ramzlar va hikmatlarning poetik vazifasi yoritilgan. Natijada qit’a janrining xalq donishmandligini ifodalashdagi o‘rni hamda Navoiy ijodida folklor an’analarining badiiy-estetik ahamiyati ochib berilgan.
Mazkur maqolada ekologik terminlarning ilmiy va amaliy sohalarda qo‘llanilish tendensiyalari tahlil qilingan. Ekologik terminologiyaning shakllanishi, rivojlanishi hamda turli fan tarmoqlari, jumladan, ekologiya, biologiya, geografiya, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ekologik terminlarning mazmuniy xususiyatlari, terminologik tizimdagi vazifalari va fanlararo kommunikatsiyani ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari ekologik terminologiyaning ilmiy bilimlarni tizimlashtirish, ekologik muammolarni tavsiflash va amaliy faoliyatda samarali qo‘llashdagi muhim rolini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada ekologik muammolarni ifodalovchi metaforalarning lingvistik, kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Ekologik diskursda qo‘llaniladigan metaforalarning inson tafakkuri va ekologik ongni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tabiat, iqlim o‘zgarishi, ekologik inqiroz va atrof-muhit muammolarini ifodalashda uchraydigan konseptual metaforalar misollar asosida tahlil qilinadi.