Kompaniyalar o‘z bizneslarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish yoki innovatsion mahsulotlar yaratish uchun doimiy ravishda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyojni qondirish uchun aksiyalar orqali uzoq muddatli kapital jalb qilish keng qo'llaniladigan samarali usullardan biri hisoblanadi. Aksiyalar chiqarish orqali kompaniya investorlarni jalb qiladi va o‘z kapitalini kengaytiradi. Ushbu maqolada aksiyalar vositasida kapital jalb qilishning nazariy asoslari, amaliy usullari, loyihalarni moliyalashtirish va bu jarayonning afzalliklari hamda kamchiliklari batafsil yoritiladi.
Ushbu maqolada iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini rivojlantirish real sektor hamda moliyaviy sektorning o‘zaro uyg‘un tarzda rivojlantirishni taqozo etishi. Bunda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi fond bozori bilan bevosita bog‘liqligi yoritilgan hamda O‘zbekiston va rivojlangan mamlakatlar fond bozorining zamonaviy holati tahlili amalga oshirilgan bo‘lib, milliy iqtisodiyotda fond bozori amal qilishi uchun davlat tomonidan yetarli darajada me’yoriy-huquqiy, institutsional, tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilganligi hamda fond bozorini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha bir qator ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan bo‘lib, mazkur mavzu yuzasidan xorijiy va mahalliy olimlarning fikr-mulohazalari keltirilgan.
Ushbu maqolada iqtidorli yoshlarni aniqlash, bolaning o’ziga xos faoliyati, individual iste’dodni shakllantirish, iqtidor turlari, maxsus iste'dod, qobiliyat, potentsial iqtidor, aniq iqtidor, yashirin iste'dod, tarbiya, intellektual imkoniyatlar, iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish bayon etilgan.