Ma’lumki, Jahon savdo tashkiloti bugungi davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro tuzilma hisoblanadi. Dunyo savdosining 95 foizdan ortig’i ushbu tashkilotga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tashkilotning asosiy vazifasi erkin va shaffof savdo aloqalarini tartibga solish va savdo jarayonlarni kengaytirish orqali tashkilotga a’zo davlatlarning avvalo iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda umumiy hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan. Mazkur maqsadlar o’z navbatida bugungi rivojlanish bosqichida O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarning maqsadlariga to’la to’kis mos keladi. Ushbu maqolada Jahon savdo tashkiloti va unga O’zbekistonning a’zo bo’lishida amalga oshirilayotgan ana shu islohotlar, tahlil va natijalar haqida so’z yuritiladi.
Мақолада фуқаролик авиацияси инфратузилмасида содир этилаётган жиноятларга қарши курашда тезкор-қидирув фаолиятининг ўрни ва аҳамияти ҳар томонлама таҳлил этилади. Ҳаво транспорти шароитидаги жиноий таҳдидларни аниқлаш ва фош этишда махсус тактик усуллар, замонавий кузатув воситалари ҳамда идоралараро ҳамкорликнинг уйғунлаштирилган механизми тақдим этилади. Муаллиф тезкор тадбирларнинг самарадорлигига таъсир этувчи омиллар, хусусан трансчегаравий уюшган жиноятларга қарши комплекс ёндашувларни илмий асосда асослайди.
Bolalarda qandli diabetning asosan 1-turi uchramoqda. Organizmda insulin etishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, suyuqlikni ko'p miqdorda ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar kuzatiladi. Qandli diabetning 1-turini davolash parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iboratdir. Qandli diabetning 1-turi nasldan-naslga o'tadi, agar qat'iy parhezga amal qilinib, jismoniy faollik ta'minlansa va bolaning doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallik alomatlarining oldi olingan bo'ladi. Agar aksi bo'lsa, ko'z, buyrak faoliyatida buzilish kuzatiladi. Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo'y o'smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolish holatlari ro'y beradi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi.
Bu maqolada aynan bank tizimi, ularning samarali va xalqqa foydali amaliyatlari haqida soʻz etiladi. Bank xizmatlari, murojaatlar bilan ishlashning yangi bosqichiga koʻtarilishi va raqamli texnologiyalar bilan uygʻunlashib hamkorlikda ishlashi haqida keng tushinik berilib oʻtiladi.
Qandli diabet – global sog‘liqni saqlash tizimida katta e’tibor talab qiluvchi kasalliklardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha millionlab odamlar hayotini qiyinlashtiradi. Bu maqola diabet kasalligini boshqarish va davolashda tibbiy texnologiyalarning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Insulin nasoslari, glyukozani monitoring qilish uchun sensorlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar yordamida bemorlarning hayot sifati qanday yaxshilanayotgani haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, diabetli bemorlar uchun raqamli ilovalar va sun'iy intellekt yordamida shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalari qanday yaratilyapti, degan savollarga javob izlanadi.