BOYITUVCHI MODDALARNING OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDA KAMAYISHI VA KÓPAYISHI

Ushbu ishda oziq-ovqat mahsulotlarini boyituvchi elementlar bilan boyitish jarayoni, ularning miqdorining kamayishi va kópayichiga ta’sir etuvchi omillar hamda samaradorlikni oshirish yo‘llari yoritilgan. Bayitishning asosiy maqsadi — aholi orasida uchraydigan mikronutrient yetishmovchiligini kamaytirish va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashdir. Ishda texnologik jarayonlar, saqlash sharoitlari, mahsulot tarkibi va nazorat tizimining boyitish darajasiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, tabiiy boyitish, mikroenkapsulyatsiya va xalqaro tashkilotlar dasturlari orqali bayitish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada, oziq-ovqatlarni boyitish jarayonini takomillashtirish uchun texnik, siyosiy va ilmiy yondashuvlarning uyg‘unligi muhimligi asoslab berilgan.


28.11.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA URAN.GEOLOGIK ZAXIRALAR, QAZIB OLISH JARAYONI VA ISTIQBOLI

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududidagi uran zaxiralari, ularning geologik tuzilishi, qazib olish texnologiyalari va iqtisodiy ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada shuningdek uran sanoatining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni, eksport salohiyati va kelajakda rivojlanish istiqbollari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari uran sanoatini barqaror rivojlantirishda geologik izlanishlarning ahamiyatini tasdiqlaydi.


28.11.2025 Volume Issue View more Download
YANGI O'ZBEKISTONDA DINIY-HUQUQIY ISLOHOTLAR: VIJDON ERKINLIGI VA HUQUQIY TRANSFORMATSIYA

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan diniy-huquqiy islohotlar, vijdon erkinligi tamoyillarining huquqiy asoslari hamda jamiyatdagi diniy transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda diniy siyosatning inson huquqlariga asoslangan yangi modelini shakllantirish yo‘lida muhim bosqich bo‘lganini ko‘rsatadi.


26.11.2025 Volume Issue View more Download
SUN’IY INTELEKTNING AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDAGI ROLI

Maqolada axborot-kutubxonalarda innavatsiyon texnologiyalarning ahamiyati, elektron ma’lumotlar bazasi, elektron katologlar, virtual xizmatlar, elektron kutubxonalar tizmlari, sun’iy intelektning kutubxona faoliyatdagi o‘rni haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, sun’iy intellektning hozirgi kundagi ahamiyati, sun’iy intellektga asoslangan turli usullar haqidagi fikrlar bayon etilgan.


26.11.2025 Volume Issue View more Download
HARBIY HARAKATLARNI BOSHQARISHDA UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINING O’RNI VA RO’LI

Ushbu maqolada harbiy harakatlarni boshqarishda uchuvchisiz uchish apparatlarining o'rni va ro'li muhokama qilinadi. Uchuvchisiz uchish apparatlari zamonaviy harbiy texnologiyalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular razvedka, kuzatuv, va harbiy operatsiyalarni amalga oshirishda samaradorlikni oshiradi. Maqolada ushbu apparatlarning afzalliklari, qo'llanilish sohalari va harbiy strategiyalarni shakllantirishdagi ta'siri tahlil qilinadi. Shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlarining kelajakdagi rivojlanish istiqbollari va ularning harbiy sohadagi o'rni ham ko'rib chiqiladi.


26.11.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor