YOSH VELOSPORTCHILARDA TEZLIK VA CHIDAMLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI MASHQ TIZIMLARI

Mazkur maqolada yosh velosportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda tezlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning samarali mashq tizimlari tahlil qilingan. Velosportda yuqori natijalarga erishish uchun sportchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish, aerob va anaerob quvvatini rivojlantirish hamda mashg‘ulot yuklamalarini ilmiy asosda rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida intervalli mashqlar, takroriy usul va uzluksiz yuklama mashqlarining yosh velosportchilar organizmiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar tezlik va chidamlilik sifatlarini kompleks rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar sport natijalarining sezilarli yaxshilanishiga xizmat qilishini ko‘rsatdi.


09.06.2026 Volume Issue View more Download
СОЛИҚҚА ОИД ҲУҚУҚБУЗАРЛИК УЧУН ЮРИДИК ШАХСНИНГ АЙБЛИЛИК МАСАЛАСИ, БУ БОРАДАГИ ИЛМИЙ ҚАРАШЛАР

Ушбу мақолада солиққа оид ҳуқуқбузарликларнинг субъекти сифатида юридик шахс айбининг ўзига хос хусусиятлари, унинг айбини аниқлаш алгоритими, яъни эътибор берилиши лозим бўлган жиҳатлар, қонунчилик таҳлили, олимларнинг бу борадаги қарашлари билан боғлиқ масалалар кўриб чиқилган.


09.06.2026 Volume Issue View more Download
TA’LIM JARAYONLARIDA MATLAB DASTURINI QO‘LLASH METODIKALARNI TADQIQ QILISH

Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitida MATLAB dasturi asosida laboratoriya ishlarini loyihalashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ayniqsa virtual va raqamli laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. MATLAB muhiti matematik hisoblashlar, modellashtirish, grafik tahlil va simulyatsiya jarayonlarini bajarish imkonini beruvchi kuchli dasturiy vosita sifatida ta’lim jarayonida samarali qo‘llanilishi mumkin. Maqolada MATLAB asosida laboratoriya ishlarini yaratish bosqichlari, metodik yondashuvlar, o‘quv topshiriqlarini loyihalash hamda talabalarning mustaqil ishlash faoliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.


09.06.2026 Volume Issue View more Download
CHORVA GO‘SHTIDA OG‘IR METALLAR VA MIKROORGANIZMLAR TAHLILI

Mazkur tadqiqot O‘zbekiston hududida erkin boqiladigan chorva hayvonlari (mol, qo‘y va echki) go‘shtida og‘ir metallar — arsen (As), kadmiy (Cd), qo‘rg‘oshin (Pb) hamda boshqa toksik elementlar va mikroorganizmlar tarqalishi, ularning kelib chiqish manbalari, organizmda to‘planish xususiyatlari va inson salomatligiga xavfini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, xorijiy va mahalliy tajribalar umumlashtirildi hamda go‘sht mahsulotlarida zararli moddalarning tarqalish qonuniyatlari o‘rganildi. Amaliy qismda turli hududlardagi go‘sht sotish do‘konlaridan olingan hayvon namunalarining mushak va jigar to‘qimalari tekshirildi. Tahlillar atom-absorbsion spektrofotometriya (AAS), induktiv bog‘langan plazma optik emissiya spektrometriyasi (ICP-OES) hamda yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) hamda standart mikrobiologik usullar yordamida amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ayrim hollarda go‘sht tarkibida qo‘rg‘oshin va kadmiy miqdori belgilangan sanitariya-gigiyenik me’yorlardan yuqori bo‘lishi mumkin. Og‘ir metallar, ayniqsa, jigar va mushak to‘qimalarida ko‘proq to‘planishi aniqlandi. Shuningdek, tadqiqot natijalari og‘ir metallarning miqdori hayvonning yoshi, boqish sharoiti va atrof-muhit holatiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ko‘rsatdi. Erkin boqiladigan chorva hayvonlarida sanoat chiqindilari, transport vositalari gazlari, ifloslangan suv va ozuqa ta’siri ostida og‘ir metallar va mikroorganizmlar bilan zararlanish ehtimoli yuqoriroq bo‘lishi kuzatildi. Mikroorganizmlar va ayrim toksik moddalarning mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biroq ayrim namunalarda og‘ir metallar miqdorining yuqoriligi va patogen mikroorganizmlar mavjudligi potensial xavf omili sifatida baholandi. Mazkur tadqiqot natijalari O‘zbekiston hududida go‘sht mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda ekologik monitoringni kuchaytirish, veterinariya-sanitariya nazoratini takomillashtirish, ozuqa sifatini muntazam tekshirish va mahsulotlarni laboratoriya tahlilidan o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy ish chorva mahsulotlarining sifat va xavfsizlik darajasini oshirish hamda aholi salomatligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.


09.06.2026 Volume Issue View more Download
RAQAMLI BALANDLIK MODELI VA GNSS TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA SUV INSHOOTLARINI MONITORING QILISH VA FAVQULODDA VAZIYATLARGA TAYYORGARLIK KO'RISH (Sardoba suv ombori misolida)

Ushbu maqolada raqamli balandlik modeli (DEM) va global navigatsion sun'iy yo'ldosh tizimi (GNSS) texnologiyalari yordamida suv inshootlarini uzluksiz monitoring qilish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish masalalari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani — xususan, Sardoba suv ombori hududi misolida olib borildi. Copernicus GLO-30 platformasidan olingan 30 metrli DEM ma'lumotlari, SOUTH Galaxy G9 GNSS qurilmasi orqali olingan dala o'lchovlari va Google Earth Pro balandlik ma'lumotlari ArcGIS dasturida qayta ishlandi hamda o'zaro taqqoslandi. Pearson korrelyatsiya tahlili natijasida GNSS va DEM o'rtasida 98%, GNSS va Google Earth Pro o'rtasida 94% mos kelish ko'rsatkichi aniqlandi. Olingan DEM modeli asosida suv ombori atrofidagi xavfli zonalar, suvning tarqalish yo'nalishlari va evakuatsiya marshrutlari belgilandi. Maqolada shuningdek, Sardoba suv ombori to'g'oni buzilishi (2020-yil) hodisasi tahlil qilinib, raqamli relyef modellarining favqulodda vaziyatlarni oldindan bashorat qilishdagi ahamiyati asoslab beriladi.


08.06.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor