09.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur tadqiqot O‘zbekiston hududida erkin boqiladigan chorva hayvonlari (mol, qo‘y va echki) go‘shtida og‘ir metallar — arsen (As), kadmiy (Cd), qo‘rg‘oshin (Pb) hamda boshqa toksik elementlar va mikroorganizmlar tarqalishi, ularning kelib chiqish manbalari, organizmda to‘planish xususiyatlari va inson salomatligiga xavfini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, xorijiy va mahalliy tajribalar umumlashtirildi hamda go‘sht mahsulotlarida zararli moddalarning tarqalish qonuniyatlari o‘rganildi. Amaliy qismda turli hududlardagi go‘sht sotish do‘konlaridan olingan hayvon namunalarining mushak va jigar to‘qimalari tekshirildi. Tahlillar atom-absorbsion spektrofotometriya (AAS), induktiv bog‘langan plazma optik emissiya spektrometriyasi (ICP-OES) hamda yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) hamda standart mikrobiologik usullar yordamida amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ayrim hollarda go‘sht tarkibida qo‘rg‘oshin va kadmiy miqdori belgilangan sanitariya-gigiyenik me’yorlardan yuqori bo‘lishi mumkin. Og‘ir metallar, ayniqsa, jigar va mushak to‘qimalarida ko‘proq to‘planishi aniqlandi. Shuningdek, tadqiqot natijalari og‘ir metallarning miqdori hayvonning yoshi, boqish sharoiti va atrof-muhit holatiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ko‘rsatdi. Erkin boqiladigan chorva hayvonlarida sanoat chiqindilari, transport vositalari gazlari, ifloslangan suv va ozuqa ta’siri ostida og‘ir metallar va mikroorganizmlar bilan zararlanish ehtimoli yuqoriroq bo‘lishi kuzatildi. Mikroorganizmlar va ayrim toksik moddalarning mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biroq ayrim namunalarda og‘ir metallar miqdorining yuqoriligi va patogen mikroorganizmlar mavjudligi potensial xavf omili sifatida baholandi. Mazkur tadqiqot natijalari O‘zbekiston hududida go‘sht mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda ekologik monitoringni kuchaytirish, veterinariya-sanitariya nazoratini takomillashtirish, ozuqa sifatini muntazam tekshirish va mahsulotlarni laboratoriya tahlilidan o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy ish chorva mahsulotlarining sifat va xavfsizlik darajasini oshirish hamda aholi salomatligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Keywords: “og‘ir metallar”, “qizil go‘sht”, “mol va qo‘y go‘shti”, “mikroorganizmlar”, “oziq-ovqat xavfsizligi”