Mazkur maqolada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilimi, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda kompensator imkoniyatlardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Maqolada kompensatsiya tushunchasining mazmuni, uning maxsus pedagogika va tiflopedagogikadagi ahamiyati hamda ko‘rish analizatori faoliyati buzilganda boshqa sezgi tizimlarining faollashuvi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. L.S. Vigotskiy, A.N. Leontyev, B.G. Ananyev, A.G. Litvak, M.I. Zemtsova, L.I. Solntseva kabi olimlarning ilmiy qarashlari asosida kompensator mexanizmlarning psixologik-pedagogik mohiyati ochib berilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish loyihalarini samarali boshqarish, ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish hamda mavjud turistik salohiyatdan oqilona foydalanish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Ziyorat turizmi bugungi kunda nafaqat diniy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi turizm turi, balki mamlakatning tarixiy-madaniy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, hududlar iqtisodiy faolligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda turizm eksporti hajmini kengaytirishda muhim strategik yo‘nalishlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston hududida islom sivilizatsiyasi, hadis ilmi, tasavvuf ta’limoti, fiqh va kalom maktablari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar nomi bilan bog‘liq muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalar mavjudligi mamlakatning xalqaro ziyorat turizmi bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.
This article analyzes changes in the behavior of school-age children from a psychological perspective. In today's society, the emotional state of children, social environment, technological factors and changes in the family climate affect their behavior on a scientific basis. Based on research, the causes of such states as aggressiveness, inattention, apathy or excessive activity in behavior are identified and effective psychological approaches to these states are recommended.