Mustaqil demokratik yo'ldan dadil odimlayotgan O'zbekistonning eng ulug' maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko'zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e'tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13-moddasida “O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” [1] deyilgan. Ushbu maqolada, jamiyatning yangilanishi sharoitida insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashning dolzarb masalalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.
Gimnastika – yuqori darajadagi jismoniy mahoratni, kuchni, muvozanatni, moslashuvchanlikni, chidamlilikni va boshqa jismoniy sifatlarni talab qiladigan sport turi. Ushbu maqolada gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda yordamchi vositalarning o‘rni muhokama qilinadi. Yordamchi vositalar, masalan, sharlar, tayoqlar, elastik lentalar, arqonlar va balans platformalari, gimnastikachilarning harakatlarini aniqroq va samaraliroq bajarishlariga yordam beradi. Bu vositalar nafaqat sportchilarning jismoniy holatini yaxshilash, balki ularning texnikasini mukammallashtirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Maqolada har bir yordamchi vosita turi va uning gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishdagi o‘rni batafsil tahlil qilingan.