Mazkur maqolada, Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani milliy chizg'ilar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Romanning asosiy mavzulari, syujeti, personajlari va til xususiyatlari orqali, uning milliy o'ziga xosligini, adabiy an'analar va zamonaviy ta'sirlar o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish maqsad qilindi. Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani o'zining milliylikni o'zida aks ettirgan hikoyasi orqali zamonamizning ijtimoiy va ma'naviy muammolarini yoritadi.
Stoxastik modellashtirish elektr energiyasini samarali boshqarish va prognozlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada elektr energiyasi iste’molidagi noaniqlik va o‘zgaruvchanlikni hisobga oluvchi stoxastik modellar va ularning optimallashtirish usullari bilan integratsiyasi yoritiladi. Jumladan, raqamli egri chiziqli rejalashtirish, real-vaqtli stoxastik monitoring tizimlari va bu algoritmlarning energiya xavfsizligiga ta’siri muhokama qilinadi. Maqola so‘nggi ilmiy manbalar asosida ilmiy-amaliy yondashuvlarni qamrab oladi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida har ikki yilda o‘tkaziladigan xalqaro baxshichilik sa‘nati festivali haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu bilan birga xalqaro baxshichilik sa‘nati festivalining milliy qadriyatlarini targ’ib qilishdagi ahamiyat to’g’risida fikr yuritiladi.
Ushbu maqolada O‘zbekistonning Parkent tumani mahalliy ijodkorlarining adabiy muhitni rivojlantirishdagi o‘rni va hissasi tahlil qilinadi. Parkent adabiyotining tarixiy va madaniy konteksti, ijodkorlarning ilmiy, badiiy, tarjimonlik, tanqidiy va pedagogik faoliyatlari batafsil yoritilgan.