Ushbu maqolada talabalarni intuitiv qobiliyatlarini rivojlantirish, oliy ta’lim tizimida talabalarda intellektual ijodiy qobiliyatni rivojlantirish masalalari yoritib berilgan bo‘lib, talabalarda kasbiy salohiyatini oshirishning qisqacha bayoni keltirilgan.
Bugungi kunda jahonda soya ishlab chiqarishning o‘sishi ekin maydonlarining ko‘payishi va hosildorlikning oshishi hisobiga taʼminlanib, so‘nggi o‘n yil ichida ekilgan soya maydonining o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 1,7 foizni tashkil qilmoqda. “Shundan har gektardan olinadigan soya hosildorligi 1,0 foizga ko‘tarilib, o‘rtacha hosildorlik gektaridan 28 sentnerni tashkil etgan” Shu bilan birga turli tuproq sharoitida soya navlarini joylashtirish, hosildorligi hamda don sifatini jumladan oqsil miqdori, moylilik darajasini oshirishda agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish va tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Respublikaning unumdorligi past bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida, soya ekinini asosiy ekin sifatida yetishtirish, donning oqsil miqdorini, moylilik darajasini oshirishda bio-organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, tuproqlarni agroekalogik holatlarini yaxshilash hamda agrotexnologiyalarini ishlab chiqqan holda ishlab chiqarish sanoatida keng joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Ushbu maqolada O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyati tadqiq etilgan. Unda kichik biznesda raqobatbardoshlik, samaradorlik va barqarorlikni oshirishda innovatsiyalarning ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada mahalliy tadbirkorlarning innovatsion amaliyotini rivojlantirishga yordam beradigan o‘ziga xos mintaqaviy xususiyatlar va imkoniyatlar yoritilgan.
Ushbu maqolada o'zbek tilidagi gender masalasi tilshunoslik nuqtai nazaridan o'rganiladi. Maqolada o'zbek tilidagi grammatik va leksik gender ko'rinishlari, ularning ijtimoiy-madaniy konteksti va zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili asosida o'zbek tilidagi gender xususiyatlari boshqa tillar bilan qiyosiy o'rganiladi va gender tengligini ta'minlash uchun til siyosati bo'yicha tavsiyalar beriladi.