Ushbu maqola o‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish masalasiga bag‘ishlangan. Tinglab tushunish — bu kommunikativ faoliyatning muhim qismi bo‘lib, o‘quvchilarning tilni samarali o‘zlashtirishida hamda o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha ma’lumotni to‘g‘ri qabul qilishda asosiy omillardan biridir. Maqolada tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish metodlari, pedagogik yondashuvlar va samarali usullar o‘rganilgan. Shuningdek, turli pedagogik tadqiqotlar natijalari asosida o‘quvchilarda tinglab tushunishni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot jarayonida aniq ma’lumotlar va ikki xil jadval yordamida tinglab tushunish ko‘nikmasining o‘quvchilarda shakllanish darajasi tahlil qilingan.
1993-yilda Movarounnahr musulmonlari idorasi tizimida muhim oʻzgarish-muftiy, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning isteʻfoga chiqishi va uning oʻrniga yangi muftiy tayinlanishi yuz berdi. Ushbu voqea idora tarixidagi muhim bosqich boʻlib boʻlib, 1996-yilgacha boʻlgan davr, hozirgi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimining shakllanishida soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur maqolada bu davrda yuz bergan muhim voqeliklar, tarixiy hodisalar va ularning tahlili haqida soʻz boradi.