Ushbu maqolada korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga ko‘rsatadigan ko‘p qirrali salbiy ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Korrupsiya jarayonlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, davlat boshqaruvidagi shaffoflik, manfaatlar to‘qnashuvi, huquqiy madaniyatning sustligi kabi asosiy muammolar yoritilgan.
Ushbu maqolada 2016-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy natijalari va xalqaro tajribalar bilan qiyosiy tahlili yoritilgan. Tadqiqotda institutsional o‘zgarishlar, fuqarolar munosabatlari va boshqaruv samaradorligining oshishi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
Ушбу мақолада ёшлар ҳуқуқбузарлиги феноменининг назарий-ҳуқуқий мазмуни ва ижтимоий табиати ёритилган. Муаллиф ёшлар ўртасидаги ғайриҳуқуқий хулқ-атворни белгиловчи тизимли омилларни таҳлил қилади. Шунингдек, мақолада ҳуқуқбузарликларни классификациялашнинг замонавий мезонлари ишлаб чиқилган бўлиб, улар профилактика тизимини такомиллаштиришга хизмат қилади.
Мақолада ёшлар ҳуқуқбузарликларини келтириб чиқарувчи детерминантлар ва риск факторлари тизимли таҳлил қилинган. Муаллиф ижтимоий, иқтисодий, психологик ва ҳуқуқий омиллар ўртасидаги боғлиқликни кўрсатувчи моделни таклиф этади. Тадқиқот натижалари ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарликларни прогноз қилиш ва уларнинг олдини олиш самарадорлигини оширишга йўналтирилган.
Ushbu maqolada global isishning ilmiy-nazariy asoslari, issiqxona gazlari emissiyasi va antropogen omillar natijasida Yer iqlimining o‘zgarib borishi jarayoni tahlil qilingan. Tadqiqotda global isishning O‘zbekiston iqlimiga, suv resurslariga, qishloq xo‘jaligiga, Aralbo‘yi mintaqasiga, iqtisodiyotga va aholining salomatligiga ko‘rsatadigan oqibatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan iqlim siyosati, “yashil energetika”, ekologik monitoring tizimi, suv tejovchi texnologiyalar va mintaqaviy moslashuv strategiyalari ilmiy asosda o‘rganilgan. Maqola global isish sharoitida ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.