ЖАМОА ВА РАҲБАР: ЎЗАРО МУНОСАБАТЛАР ДИАЛЕКТИКАСИ

Меҳнат жамоаларини бошқаришда раҳбарнинг роли. Раҳбар масъулияти. Жамоанинг ижтимоий ривожланишида социал-психологик бошқарувнинг моҳияти ва аҳамияти.


06.09.2025 Volume Issue View more Download
ITALIYA XX ASR MUSIQASIDA ALFREDO KAZELLANING FORTEPIANO UCHUN ETYUDLARI: SHAKL VA IFODA TAHLILI

Ushbu maqolada XX asr italyan kompozitori Alfredo Kazella fortepiano etyudlari musiqiy tahlil nuqtai nazaridan organilgan. Asarlarda garmoniya, ritm, faktura va obrazlarning shakllanishi yoritilgan, ularning texnik hamda pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Kazella etyudlari faqat texnik mashq emas, balki konsert repertuarida muhim badiy asar sifatida ham qadrlanadi. Mazkur maqolada Alfredo Kazellaning fortepiano uchun etyudlari musiqiy shakl va ifoda mezonlari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, uning asarlaridagi zamonaviy kompozitsion texnikalar, milliy uslub va ijro talablari o‘rganiladi. Tadqiqot Kazellaning musiqiy merosini chuqur anglash, fortepiano pedagogikasi va ijrochiligida uning o‘rnini belgilashga xizmat qiladi.


06.09.2025 Volume Issue View more Download
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA DAROMADLILIGINI TA'MINLASHDA “AYOLLAR DAFTARI”NING AHAMIYATINI OSHIRISH

Mazkur maqolada O‘zbekistonda joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimining mazmun-mohiyati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda xotin-qizlar bandligi va daromadliligini ta’minlashdagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, ushbu tizim orqali ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari aniqlanib, ularning hayotiy muammolarini hal etish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat bozoriga jalb etish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish orqali iqtisodiy faolligini oshirish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi.


06.09.2025 Volume Issue View more Download
XALQARO LOYIHALARDA TIL TO'SIQLARINI YENGISHDA INGLIZ TILINING O'RNI

Ushbu maqolada xalqaro loyihalar jarayonida uchraydigan til to‘siqlari va ularni bartaraf etishda ingliz tilining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Xalqaro hamkorlikda samarali muloqot tashkil etish jarayoni mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarni jalb etishi va global hamkorlikni kengaytirish uchun muhim omil sanaladi. Xususan, BMT, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi va Osiyo Taraqqiyot Banki kabi yirik tashkilotlar loyihalarida ingliz tilidan foydalanish xalqaro muloqotning asosiy vositasiga aylangan. Maqolada ingliz tilini o‘qitish orqali til to‘siqlarini kamaytirish, mutaxassislarning kommunikativ kompetensiyasini oshirish hamda madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari yoritiladi.


05.09.2025 Volume Issue View more Download
O'ZBEKISTON TIJORAT BANKALARINING KAPITAL KO'RSATKICHLARI VA MOLIYAVIY BARQARORLIK INDIKATORLARI ORASIDAGI BOG'LIQLIK

Ushbu tadqiqot O'zbekiston tijorat bankalarining kapital ko'rsatkichlari va moliyaviy barqarorlik indikatorlari orasidagi bog'liqlikni tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda Basel III talablariga muvofiq kapital yetarligi koeffitsienti, asosiy kapital nisbati va moliyaviy barqarorlik ko'rsatkichlari o'rtasidagi korrelyatsiya tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, kapital ko'rsatkichlarining yaxshilanishi moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot moliyaviy tizim barqarorligini ta'minlash uchun optimal kapital siyosatini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.


04.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor