ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutasavviflarining islom falsafasi rivojlanishida tutgan o’rni va ushbu mavzuni o‘rgangib, jamiyatimiz ma’naviyatino oshirishga hissa qo‘shgan olim M.Boltayev haqida qarashlar bayon etilgan.Shuningdek, faylasuf - olim M.Boltayevning Markaziy Osiyo so‘fiylarining tasavvuf haqidagi qarashlari o‘rin egallagan.
Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimi doimiy monitoring va aniq tashxisga muhtoj. Ayniqsa yurak urishi, nafas olish va qand miqdori kabi hayotiy ko‘rsatkichlarni real vaqtli tahlil qilish orqali kasalliklar erta bosqichda aniqlanishi mumkin. Ushbu maqola kognitiv texnologiyalar, sun’iy intellekt va real vaqtli monitoring usullarini birlashtirib, tibbiy ma’lumotlarga asoslangan ogohlantirish tizimini yaratishga bag‘ishlangan. Taklif etilayotgan model LSTM (Long Short-Term Memory) neyron tarmog‘i asosida yurak, nafas va glyukoza darajasini tahlil qiladi va anomaliyani avtomatik tarzda aniqlaydi. Bunda signal filtrlash, ketma-ketlikni bashorat qilish va individual sog‘liq profili orqali shaxsiy qaror qabul qiluvchi tizimlar ishlab chiqiladi. Tajribada real hayotga yaqinlashtirilgan sun’iy datasetlar asosida tahlillar o‘tkazilib, aniqlik, faollik va ogohlantirish tizimining ishonchliligi baholandi. Natijalar ushbu texnologiya yordamida sog‘liqni kuzatishda yuksak samaradorlikka erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Modelga mobil ilova yoki web interfeys integratsiyasi orqali foydalanuvchi sog‘lig‘ini 24/7 nazorat ostida ushlab turish imkoniyati yaratish rejalashtirilgan. Maqolada kardiologik signallarga raqamli ishlov berishning kognitiv modeli va dasturiy majmuasini ishlab chiqish bo‘yicha kognitiv yondashuvlarni ishlab chiqish va u asosida model, algoritm, diagramma, dasturiy komponentlar va amaliy tahlillar taqdim etilgan. Yurakning EEG signallari asosida aritmiya kasalligini aniqlash uchun kognitiv parametrlar (yosh, jins, kasb, jismoniy faollik va anamnez) bilan birga yurakning muhim 8 ta xususiyati o‘rganildi. EKG signallarining asosiy intervallari (RR, PR, QRS, QT) va yurak ritmidagi o‘zgarishlar HRV, ST segment, T va P to‘lqinlar orqali o‘rganildi. Ma’lumotlar Random Forest klassifikatori yordamida tahlil qilindi.
Ushbu maqolada 2023-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasi mazmuni, uning milliy va xalqaro huquqiy tamoyillar bilan uyg’unlashuvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimga ta’siri, davlatning fuqarolarga nisbatan ma’suliyatini oshirish va inson huquqlarini kafolatlash borasidagi yangi normalar havola etilgan. Yangi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari, davlat boshqaruvi tizimi, sud hokimiyati mustaqilligiga qaratilgan o’zgarishlar o’rganilgan.