Ushbu maqolada o‘quv markazi loyihalarini amalga oshirishda uchrashi mumkin bo‘lgan asosiy risk omillari va daromadlilikni aniqlovchi moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Ta’lim xizmatlari sohasida xususiy sektorga oid loyihalarning samaradorligini baholashda risklarni aniqlash, ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish va iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida foyda prognozlarini tuzish muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Net Present Value (NPV), Internal Rate of Return (IRR), Payback Period kabi moliyaviy baholash vositalari yordamida o‘quv markazining daromadlilik darajasi aniqlanadi. Shuningdek, mazkur loyihalar uchun xos bo‘lgan bozor, moliyaviy, operatsion va yuridik xavflar chuqur tahlil qilinadi. Maqola yakunida ushbu risklarni minimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
В данной научной статье представлен углубленный анализ системы контроля качества аудиторских организаций и ее основных элементов. Качество аудита тесно связано с надежностью финансовой отчетности, точностью информации для пользователей и повышением доверия к аудиторским услугам. В статье рассматриваются основные направления системы менеджмента качества, основанные на требованиях международных стандартов, в частности IFAC и ISQC 1, такие компоненты, как ответственность руководства, соблюдение этических стандартов, квалификация персонала, документирование, мониторинг и выполнение аудиторских заданий. Также освещается практика обеспечения качества аудиторских организаций на основе опыта Узбекистана, существующих проблем и статистических данных. В конце статьи даны практические рекомендации по совершенствованию контроля качества.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” milliy loyihasining moliyalashtirish tizimi chuqur tahlil qilinadi. Mazkur loyiha mamlakat ekologik muhitini yaxshilash, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda aholining yashash sifati va sog‘lom turmush tarzini ta'minlashda muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Loyihani izchil amalga oshirish va uning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash bevosita samarali moliyaviy mexanizmlarning mavjudligi va ularning to‘g‘ri ishlashiga bog‘liqdir. Maqolada loyiha doirasida jalb qilinayotgan moliyaviy manbalar — davlat byudjeti mablag‘lari, mahalliy hokimliklar resurslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar homiylik yordamlari, xalqaro grantlar va kreditlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati ishtirokining amaldagi salmog‘i tahlil qilinadi. Moliyalashtirish samaradorligini oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar — resurslarning yetishmasligi, moliyaviy oqimlarning nomutanosib taqsimlanishi, monitoring va hisobot tizimidagi kamchiliklar, budjetga yuklama kabi jihatlar yoritiladi.
Ushbu maqolada bank plastik kartalari orqali ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlarning ahamiyati, amaldagi holati va ularni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarining raqamli xizmatlar sohasi bo‘yicha olib borayotgan ishlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bayon etiladi. Xususan, mobil ilovalar orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, balans nazorati kabi xizmatlar qamrovi va samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida milliy tizimda raqamlashtirishni chuqurlashtirish, mijozlar xavfsizligini ta'minlash va xizmatlar sifatini oshirishga doir takliflar ilgari suriladi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining ahamiyati, buxgalteriya hisobida aks ettirilish tartibi hamda ushbu jarayonlar ustidan audit nazoratini samarali tashkil etish zaruriyati yoritilgan. So‘nggi yillarda bank xizmatlarining raqamlashtirilishi ortidan naqd pulsiz to‘lovlar ulushi keskin oshmoqda, bu esa banklarning moliyaviy hisobot tizimi va audit yondashuvlarini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirishni taqozo etadi. Maqolada amaldagi hisob va audit tizimidagi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Jumladan, hisob operatsiyalarini avtomatlashtirish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli audit vositalarini joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar asoslab berilgan.