Mazkur maqolada O‘zbekistonda soliq qarzdorligini hisoblash tizimining hozirgi holati tahlil qilinib, uni takomillashtirish zarurati asoslab berilgan. Soliq qarzining davlat byudjetiga ta’siri, qarzdorlikni keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Raqamlashtirish asosidagi yangi hisob-kitob tizimlari, sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari hamda nazoratning samarali mexanizmlari haqida takliflar bildirilgan.
Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni aniqlovchi muhim ko‘rsatkichlar – foyda miqdori hamda rentabellik darajasi chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, “Asakabank” ATB misolida 2020–2024-yillar davomida bankning sof foydasi, umumiy aktivlari, o‘z kapitali hamda rentabellik indikatorlari (ROA – aktivlar rentabelligi va ROE – o‘z kapital rentabelligi) asosida kompleks tahlil amalga oshirilgan. Tahlil natijalari “Asakabank” faoliyatida foyda ko‘rsatkichlarining izchil o‘sayotganini, bu esa moliyaviy boshqaruv samaradorligining ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Maqolada bank rentabelligini oshirishga doir takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida: kredit portfelining diversifikatsiyasi, raqamli bank xizmatlaridan foydalangan holda xizmat turlarini kengaytirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish hamda risklarni boshqarish tizimini mustahkamlash kabi amaliy choralar ilgari suriladi. Shuningdek, tijorat banklari moliyaviy tahlilining zamonaviy usullari va rentabellikni baholashda qo‘llaniladigan iqtisodiy indikatorlarning amaliy ahamiyati yoritiladi.
В данной научной статье представлен углубленный анализ системы контроля качества аудиторских организаций и ее основных элементов. Качество аудита тесно связано с надежностью финансовой отчетности, точностью информации для пользователей и повышением доверия к аудиторским услугам. В статье рассматриваются основные направления системы менеджмента качества, основанные на требованиях международных стандартов, в частности IFAC и ISQC 1, такие компоненты, как ответственность руководства, соблюдение этических стандартов, квалификация персонала, документирование, мониторинг и выполнение аудиторских заданий. Также освещается практика обеспечения качества аудиторских организаций на основе опыта Узбекистана, существующих проблем и статистических данных. В конце статьи даны практические рекомендации по совершенствованию контроля качества.
Ushbu maqolada o‘quv markazi loyihalarini amalga oshirishda uchrashi mumkin bo‘lgan asosiy risk omillari va daromadlilikni aniqlovchi moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Ta’lim xizmatlari sohasida xususiy sektorga oid loyihalarning samaradorligini baholashda risklarni aniqlash, ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish va iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida foyda prognozlarini tuzish muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Net Present Value (NPV), Internal Rate of Return (IRR), Payback Period kabi moliyaviy baholash vositalari yordamida o‘quv markazining daromadlilik darajasi aniqlanadi. Shuningdek, mazkur loyihalar uchun xos bo‘lgan bozor, moliyaviy, operatsion va yuridik xavflar chuqur tahlil qilinadi. Maqola yakunida ushbu risklarni minimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.