O'ZBEKISTONDA EKOLOGIK SIYOSATNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ekologik siyosatning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning huquqiy asoslari tizimli va ilmiy-tahliliy yondashuv asosida yoritilgan. Tadqiqotda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatda yuzaga kelgan asosiy ekologik muammolar, xususan Orol dengizi inqirozi, atmosfera havosining ifloslanishi, yer va suv resurslarining degradatsiyasi davlat siyosati kontekstida tahlil qilingan.


06.01.2026 Volume Issue View more Download
BREND ISHONCHI VA EMOTSIONAL MARKETINGNING XARID QARORLARIGA TA'SIRI

Ushbu maqola zamonaviy marketingning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan brend ishonchi va emotsional marketingning iste’molchilarning xarid qarorlariga taʼsirini ilmiy uslubda tahlil qiladi.


06.01.2026 Volume Issue View more Download
XALQ MAQOLLARIDA GENDER STERIOTIPLARI (O‘ZBEK VA INGLIZ TILI MISOLIDA)

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz xalq maqollarida mujassam bo‘lgan gender stereotiplari qiyosiy-lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda maqollar orqali erkak va ayol obrazlariga berilgan ijtimoiy baho, ularning jamiyatdagi mavqeyi hamda kutiladigan xulq-atvor me’yorlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi. Tahlil jarayonida erkaklar ko‘proq kuch, yetakchilik, qat’iyat va aql bilan bog‘langan holda ifodalansa, ayollar obrazi asosan oilaviy mas’uliyat, sabr-toqat, itoatkorlik va hissiylik kabi xususiyatlar orqali namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Shuningdek, maqolada gender stereotiplarining shakllanishida tarixiy tajriba, madaniy an’analar va ijtimoiy munosabatlarning o‘rni yoritiladi. O‘zbek va ingliz maqollarini qiyoslash orqali umumiy stereotip modellar bilan bir qatorda, har bir xalqning mentalitetiga xos bo‘lgan farqli jihatlar ham ochib beriladi. Tadqiqot davomida tavsifiy, semantik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar xalq og‘zaki ijodi orqali genderga oid tasavvurlar mustahkamlanishi va avlodlar ongida barqaror stereotiplar shakllanishini ko‘rsatadi.


03.01.2026 Volume Issue View more Download
TIJORAT BANKLARI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Ushbu maqolada tijorat banklari xizmatlarini rivojlantirish jarayonida sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarining ahamiyati, funksional imkoniyatlari va amaliy qo‘llanilish mexanizmlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida SI asosidagi yechimlarning kreditlash jarayonlarida qaror qabul qilish sifatini oshirish, mijozlarning to‘lovga layoqatini aniqlash va kredit risklarini kamaytirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida chat-botlar, virtual yordamchilar va shaxsiylashtirilgan moliyaviy mahsulotlar orqali xizmatlar tezkorligi hamda qulayligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada sunʼiy intellekt texnologiyalarining risklarni boshqarish, firibgarlik holatlarini erta aniqlash va moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi ahamiyati alohida e’tiborga olinadi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni (big data) qayta ishlash, mashinaviy o‘rganish algoritmlarini qo‘llash va intellektual tahlil tizimlaridan foydalanish orqali banklarning operatsion samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish hamda boshqaruv qarorlarining aniqligini kuchaytirish imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.


03.01.2026 Volume Issue View more Download
THE ROLE OF THE FINANCIAL SYSTEM IN ENHANCING THE INVESTMENT CLIMATE

This article highlights the role and importance of the financial system in improving the investment climate. The article analyzes the impact of the banking system, financial markets, and state financial policy, which are the main components of the financial system, on investment processes. The article substantiates that the availability of financial resources, their effective distribution, and the stable functioning of the financial system are important factors in the formation of the investment climate. It also indicates the mechanisms for supporting investment processes through the financial system and the need to improve them.


03.01.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor