O‘QUVCHILARNING TABIIY FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH MUAMMOSINING ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA O‘RGANILISHI

Ushbu maqolada o‘quvchilarning tabiiy fanlarga qiziqishini oshirish muammosining ilmiy-pedagogik tadqiqotlarda o‘rganilishi tahlil qilingan. Maqolada qiziqish tushunchasining psixologik-pedagogik asoslari, tabiiy fanlarga qiziqishni shakllantiruvchi omillar, sovet, o‘zbek va xorijiy olimlarning tadqiqotlari tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijalari asosida tabiiy fanlarga qiziqishni oshirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari belgilangan.


04.03.2026 Volume Issue View more Download
XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBADA O‘QITUVCHILAR FAOLIYATINI KUZATISH METODIKALARINING QIYOSIY TAHLILI

O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini kuzatish va baholash zamonaviy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismidir. Mazkur maqolada xorijiy va mahalliy tajribada qo‘llaniladigan o‘qituvchilar faoliyatini kuzatish metodikalarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda AQSh, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar hamda O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan kuzatuv metodikalari, baholash mezonlari, tashkiliy shakllari va pedagogik yondashuvlar chuqur o‘rganilgan. Maqolada turli mamlakatlarning milliy ta’lim tizimlarida o‘qituvchi faoliyatini monitoring qilish modellari, professional standartlar asosida kuzatuv tizimini tashkil etish usullari, hamkorlikdagi kuzatuv, video tahlil, portfollio metodi, o‘z-o‘zini baholash kabi zamonaviy metodikalar tahlil qilingan. Qiyosiy tahlil natijasida xorijiy tajribaning ilg‘or jihatlari aniqlangan va ularni mahalliy ta’lim amaliyotiga moslashtirib qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar faoliyatini kuzatish va baholash tizimini takomillashtirish uchun nazariy va amaliy asos yaratadi.


04.03.2026 Volume Issue View more Download
HARBIY OLIY TA’LIMDA KREATIV KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada harbiy oliy ta’lim muassasalarida kursantlarning kreativ kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Kreativlik tushunchasining mohiyati, kreativ kompetensiyalarning tarkibiy qismlari, harbiy ta’limda kreativ yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilingan. J.Gilford, E.Torrens, R.Sternberg, D.B.Bogoyavlenskaya kabi olimlarning kreativlik nazariyalari asosida harbiy kadrlar tayyorlashda kreativ kompetensiyalarni shakllantirish zaruriyati asoslangan. Harbiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari — amaliy yo‘naltirilganlik, intizom, stress sharoitida qaror qabul qilish — kontekstida kreativ kompetensiyalarning roli ochib berilgan. Tadqiqot natijalari harbiy oliy ta’lim muassasalarida kreativ ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.


04.03.2026 Volume Issue View more Download
KONSTRUKTIVISTIK YONDASHUV ASOSIDA O‘ZBEK TILI DARSLARIDA TALABALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM MODELINING SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada konstruktivistik yondashuv asosida o‘zbek tili darslarida talabalarning ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modelining samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy oliy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlashi, ijtimoiy mas’uliyati va axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot jarayonida pedagogik tajriba-sinov ishlari olib borilib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari qiyosiy-statistik tahlil qilindi. Ishlab chiqilgan ta’lim modeli muammoli vaziyat yaratish, interfaol metodlardan foydalanish, matn asosida axloqiy tahlil tashkil etish hamda refleksiv faoliyatni yo‘lga qo‘yishga asoslandi. Tadqiqot natijalari konstruktivistik yondashuv talabalarning axloqiy tushunchalarni anglash darajasi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, ijtimoiy faolligi hamda qadriyatlarga ongli munosabatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.


27.02.2026 Volume Issue View more Download
AKTINOMITSETALARNI BIOTEXNALOGIYA VA TIBBIYOTDAGI ROLI

Aktinomitsetlarning biotexnologiya va tibbiyot sohalarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan mikroorganizmlar hisoblanadi. Aktinomitsetlar yuqori biologik faol ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lib, zamonaviy antibiotiklarning asosiy manbai hisoblanadi. Maqolada aktinomitsetlarning antibiotik, antitumor va immunosupressiv moddalar sintezidagi ro‘li, sanoat fermentlari ishlab chiqarishdagi ahamiyati, shuningdek bioremediyasi va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi xorijiy ilmiy tadqiqotlar asosida yoritilgan. Bundan tashqari, dengiz va endofit aktinomitsetlarning yangi biofaol birikmalari manbai sifatidagi istiqbollari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari aktinomitsetlarni zamonaviy biotexnologiya va farmatsevtika sanoati uchun muhim biologik resurs ekanligini tasdiqlaydi.


27.02.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor