Ushbu maqolada iqlim o’zgarishi va uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv resurslariga ta’siri xalqaro ilmiy faktlar va O’zbekiston statistikasi asosida yoritiladi. Sirdaryo, Amudaryo, Orol fojeasi, cho’llanish va suv tanqisligi xavfi hamda buning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida tahliliy fikrlar bildiriladi. Yechim sifatida ekologik siyosat, xalqaro hamkorlik va aholining ekologik ongini oshirish zarurligi ta’kidlanadi.
Mazkur tadqiqot voyaga yetmaganlar orasida sodir bo‘layotgan jinoyatlar va ularning oldini olish mexanizmlarining huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag’ishlangan. Maqolada O‘zbekiston va xalqaro amaliyot asosida voyaga yetmagan jinoyatchilar bilan ishlashning innovatsion metodlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida 2019-2024 yillar oralig’idagi empirik ma’lumotlar o‘rganilgan va voyaga yetmaganlar jinoychiligi dinamikasi baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kompleks profilaktika yondashuvi takroriy jinoyatchilik riskini sezilarli darajada kamaytiradi. Huquqiy himoya tizimi, ijtimoiy reintegrasiya dasturlari va oila institutining mustahkamlanishi asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi. Tadqiqotda diversiya dasturlari va restorative justice mexanizmlarining samaradorligi tasdiqlangan.
Mazkur maqolada ingliz tili fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ularning turlari va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari yoritilgan. Xususan, kommunikativ yondashuv, CLIL (Content and Language Integrated Learning), task-based learning, va raqamli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy metodlardan foydalanish o‘quvchilarning til kompetensiyasini oshirish, mustaqil fikrlash va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida innovatsion uslublarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.