В статье исследуются особенности интеграции ESG-отчетности и международных стандартов финансовой отчетности (МСФО) в системе корпоративной отчетности компаний Республики Узбекистан. Рассматриваются теоретические основы ESG-подхода, международные стандарты устойчивой отчетности и их взаимосвязь с финансовой отчетностью по МСФО. На основе статистических данных и сравнительного анализа исследованы современные тенденции развития ESG-отчетности в корпоративном секторе страны. Предложена модель интеграции финансовой и нефинансовой отчетности, направленная на повышение прозрачности бизнеса и инвестиционной привлекательности компаний.
Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning nazariy asoslari va amaliy muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari, ularni diversifikatsiya qilish zarurati hamda mavjud to‘siqlar yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni va PQ-3877-son qaror asosida huquqiy muhit tahlil qilingan.
Ushbu manbalar to‘plami global va o‘rtacha rivojlanayotgan bozorlarda logistika samaradorligini baholashga qaratilgan tadqiqot va hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki, Agility Logistics va boshqa olimlar logistika ko‘rsatkichlari va reytinglarini tahlil qilishda turli metodologiyalardan foydalanishgan. Maqsad – davlatlar va kompaniyalar logistika infratuzilmasini takomillashtirishda qo‘llaniladigan eng samarali usullarni aniqlash. Shuningdek, manbalarda O‘zbekistonning YeAEO va JTTga integratsiyasi nuqtai nazaridan logistika hamda savdo jarayonlarini baholash va xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari ham yoritilgan. Tadqiqotlar logistika samaradorligini baholashda ob’ektivlik, xalqaro standartlarga muvofiqlik va integratsiya imkoniyatlarini hisobga olishning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishning dolzarbligi, ahamiyati va bu jarayonda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalarida texnik mutaxassislarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.
Ushbu maqola kompyuter injiniring yo'nalishi talabalarining o'zbek tiliga doir ko'nikmalarini takomillashtirish masalalarini yoritib beradi. Zamonaviy ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talabalarning ona tilida erkin muloqot qilish, ilmiy va professional matnlarni yaratish qobiliyatlarini rivojlantirish muhim vazifalardan biridir. Maqolada talabalarning til ko'nikmalarini oshirish yo'llari, samarali o'qitish usullari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalari ko'rib chiqiladi.