ULIWMA BILIM BERIW MEKTEPLERINDE DÓGEREK QATNASIWSHILARINIŃ QOSIQ ATQARIW SHEBERLIGIN ARTTIRIW USILLARI

Bul maqalada ulıwma bilim beriw mekteplerindegi muzıka dógerekleri aǵzalırınıń qosıq atqarıw sheberligin hám vokal kónlikpelerin rawajlandırıw usılları haqqında maǵlıwmat berilgen. Mektep jasındaǵı oqıwshılardıń dawıs apparatınıń fiziologiyalıq ózgeshelikleri, vokal-xor kónlikpelerin qáliptestiriw basqıshları hám dógerek jumıslarında qollanılatuǵın zamanagóy pedagogikalıq texnologiyalar haqqında sóz etiledi. Maqala muzıka páni muǵallimleri, dógerek basshıları hám pedagogika baǵdarındaǵı qániygeler ushın derek bolıp xizmet etedi.


29.06.2026 Volume Issue View more Download
BEVOSITA VA BILVOSITA SOLIQQA TORTISH NISBATI: ULARNI OPTIMALLASHTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Mazkur maqolada bevosita va bilvosita soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularning davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi funksional o‘rni hamda milliy soliq tizimida ushbu soliqlar o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash masalalari tadqiq etilgan. Bevosita soliqlar tarkibiga yuridik shaxslar foyda solig‘i, jismoniy shaxslar daromad solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk va yer soliqlari kiritilib, ularning soliq to‘lovchilarning daromadi, foydasi va mulkiy holatiga bevosita bog‘liqligi yoritilgan. Bilvosita soliqlar sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i hamda bojxona to‘lovlarining mahsulot va xizmatlar narxi orqali yakuniy iste’molchi zimmasiga yuklanish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda bevosita soliqlar iqtisodiy va ijtimoiy adolatni ta’minlash, yuqori daromadli subyektlarning budjet oldidagi mas’uliyatini oshirish hamda daromadlar tengsizligini yumshatish imkonini berishi asoslab berilgan. Bilvosita soliqlar esa soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlash, ularni undirish mexanizmini soddalashtirish va budjet daromadlarini tezkor shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, bilvosita soliqlarning haddan tashqari yuqori ulushi iste’mol tovarlari va xizmatlar narxining oshishiga, ayniqsa, kam daromadli aholi qatlamlari uchun soliq yukining nisbatan og‘irlashishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.


27.06.2026 Volume Issue View more Download
TALABALAR O‘QUV YUTUQLARINI BAHOLASH TUSHUNCHASI VA UNING PEDAGOGIK MOHIYATI

Mazkur maqolada talabalar o‘quv yutuqlarini baholashning nazariy asoslari, pedagogik mohiyati hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, baholashning maqsadi, funksiyalari, tamoyillari va zamonaviy baholash usullarining ta’lim sifati hamda talabalarning kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Baholash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


27.06.2026 Volume Issue View more Download
ZAMONAVIY JURNALISTIKADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika rivojida raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, internet va ijtimoiy tarmoqlarning ommaviy axborot vositalari faoliyatiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, onlayn jurnalistikaning afzalliklari, yuzaga kelayotgan muammolar hamda yosh avlodning media savodxonligini oshirish zarurati yoritiladi.


27.06.2026 Volume Issue View more Download
GIMNASTIKACHILARDA MUSOBAQA OLDI PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada gimnastikachilarda musobaqa oldi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Sport gimnastikasida musobaqa natijasi sportchining jismoniy va texnik tayyorgarligi bilan bir qatorda uning emotsional barqarorligi, o‘ziga ishonchi, diqqatni jamlay olishi hamda musobaqa oldi hayajonini boshqarish qobiliyatiga ham bevosita bog‘liqdir. Murakkab gimnastik elementlarni musobaqa sharoitida bajarishda qo‘rquv, ortiqcha hayajon, ishonchsizlik va ruhiy zo‘riqish texnik xatolarning yuzaga kelishiga hamda natijaning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Maqolaning maqsadi gimnastikachilarda musobaqa oldi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishning samarali vosita va usullarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda nafasni boshqarish mashqlari, vizualizatsiya, ijobiy ichki nutq, diqqatni jamlash, musobaqa vaziyatlarini modellashtirish va murabbiy tomonidan psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ushbu vositalarni mashg‘ulot jarayonida muntazam qo‘llash sportchilarning emotsional holatini barqarorlashtirishga, musobaqa oldi hayajonini nazorat qilishga va o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga yordam beradi. Tadqiqot natijasida musobaqa oldi psixologik tayyorgarlikni texnik va jismoniy tayyorgarlik bilan uzviy bog‘liq holda tashkil etish gimnastikachilarning musobaqa faoliyatidagi barqarorligini oshirishga, murakkab elementlarni ishonch bilan bajarishga hamda yuqori sport natijalariga erishishga xizmat qilishi asoslanadi.


27.06.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor