Ushbu maqolada fuqarolik huquqiy munosabatlarda ashyoviy huquqlarning mazmuni, turlari va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Ashyoviy huquqlar mulk huquqi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular shaxslarning mol-mulk ustidan egalik qilish, undan foydalanish hamda tasarruf etish imkoniyatlarini belgilaydi. Maqolada milliy qonunchilik va nazariy manbalar asosida ashyoviy huquqlarning huquqiy tabiatiga to‘xtalib o‘tilgan, shuningdek, ularning fuqarolik muomalasidagi o‘rni tahlil qilingan.
Texnik taraqqiyot Texnik taraqqiyot insoniyat taraqqiyoti tarixining ajralmas va bosh omillaridan biridir. Dastlabki mehnat qurollaridan tortib, hozirgi sun’iy intellekt asosidagi tizimlargacha bo‘lgan jarayon uzoq, murakkab, ammo nihoyatda samarali yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti nafaqat ishlab chiqarish yoki sanoat sohasini, balki ta’lim, tibbiyot, transport, aloqa, hatto shaxsiy hayotimizni ham tubdan o‘zgartirib yubordi.
Maqolada ta’lim tizimida innovatsion loyihalarni boshqarish mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, ularning samaradorligini belgilovchi omillar hamda xalqaro tajribalar asosida shakllangan boshqaruv usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda raqamli ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim platformalari va elektron boshqaruv tizimlarining o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganildi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud tajribalar tahlil qilinib, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda uchraydigan muammolar, jumladan, kadrlar salohiyatining yetishmasligi, moliyaviy cheklovlar va monitoring mexanizmlarining to‘liq ishlamasligi qayd etildi.
В статье рассматривается роль мобильных приложений в обучении русскому языку как иностранному. Автор подчёркивает методический потенциал цифровых технологий для развития языковых навыков и повышения мотивации обучающихся. Особое внимание уделяется практическим примерам применения мобильных приложений, а также проблемам и перспективам их интеграции в образовательный процесс.
Ushbu maqolada hududlarning investitsion jozibadorligi masalalari, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va mavjud muammolar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri — Navoiy viloyati tanlandi. Viloyatning tabiiy resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari, geostrategik joylashuvi va kadrlar potensiali uning investitsion jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida mavjud muammolar – infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, energetika va transport-logistika tizimidagi cheklovlar, byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va ekologik xatarlar aniqlab berildi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan: davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma modernizatsiyasini jadallashtirish, investitsion jarayonlarda “yagona oynali” tizimni keng joriy etish orqali tartib-taomillarni soddalashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kichik va o‘rta biznes uchun kredit va grant mexanizmlarini kengaytirish. Shuningdek, viloyat sanoatida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil iqtisodiyot” dasturlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.