Мазкур мақолада яшил молиялаштириш тушунчаси, унинг иқтисодиётдаги ўрни ва барқарор ривожланишга таъсири назарий ва амалий жиҳатдан таҳлил қилинган. Шунингдек, экологик барқарорликни таъминлашда молиявий инструментларнинг аҳамияти, яшил инвестициялар ва уларнинг иқтисодий самарадорлиги ўрганилган. Тадқиқот давомида миллий ва халқаро тажрибалар, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ҳамда статистик маълумотлар таҳлил қилинди.
Mazkur maqolada fransuz paremiologiyasida “mamot” konseptining grammatik modellari tahlil qilinadi. O‘lim tushunchasi insoniyat tarixidagi eng universal va falsafiy kategoriyalardan biri sifatida barcha madaniyatlarda uchraydi va har bir xalqda o‘ziga xos talqin qilinadi. Fransuz maqollarida “la mort”, “mourir”, “fermer les yeux”, “rendre l’âme”, “décéder”, “quitter ce monde”, “rejoindre les ancêtres” kabi birliklar orqali o‘lim konsepti ifodalanadi. Ushbu birliklarning grammatik tuzilmalari, semantik xususiyatlari hamda ularning xalq mentaliteti bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Tahlil natijasida “La mort + être”, “Fermer les yeux + c’est + infinitif”, “Mourir + complément”, “Quitter ce monde + c’est + infinitif” kabi modellar eng faol qo‘llanilishi aniqlangan. Ushbu modellar orqali o‘limning ontologik mohiyati, axloqiy-didaktik mazmuni va poetik-metaforik talqini yoritiladi. Maqola fransuz paremalarining lingvistik, madaniy va falsafiy ahamiyatini ochib beradi.
Mazkur maqolada mehnat bozorida pul munosabatlarining mohiyati, ish haqi tizimining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda xodimlarni rag‘batlantirishda motivatsiya mexanizmlarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ish haqi va motivatsiya tizimining samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan.
Мақолада ўғрилик жиноятларида электрон из, кибериз ва рақамли мулк тушунчаларининг жиноят-ҳуқуқий аҳамияти таҳлил қилинган. Рақамли муҳитда ўғрилик предмети, объектив томони, яширинлик белгиси ва жиноятнинг тугалланиш пайтини аниқлашда электрон ҳамда киберизларнинг ўрни ёритилган. Шунингдек, рақамли мулкни мулкий қиймат ва истисно назорат объекти сифатида баҳолаш зарурлиги асослаб берилган.
Ushbu maqolada jadidlar harakati va uning Turkistonda milliy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni ilmiy-ommabop tarzda tahlil qilinadi. Jadidlar tomonidan ilgari surilgan ma’rifatparvarlik, ta’lim islohoti va milliy ongni shakllantirish g‘oyalari jamiyat taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi dolzarbligi ko‘rib chiqiladi.