O'ZBEK MILLIY MUSIQASINING ZAMONAVIY TALQINI

Mazkur maqolada o‘zbek milliy musiqasining shakllanish jarayoni, uning tarixiy ildizlari va bugungi kunda zamonaviy san’at talablari asosida qayta talqin qilinishi masalalari tahlil qilinadi. Global madaniy jarayonlar ta’sirida milliy musiqaning o‘zgarish xususiyatlari, an’anaviy kuy-qo‘shiqlarning estrada, simfonik va elektron musiqaga uyg‘unlashtirilishi o‘rganiladi. Shuningdek, milliy musiqaning yosh avlod ongida tarbiyaviy ahamiyati va uning madaniy identitetni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi.


22.09.2025 Volume Issue View more Download
QARAQALPAQ FOLKLORÍ: TARIYXÍY RAWAJLANÍWÍ HÁM ZAMANAGÓY ÁHMIYETI

Bul maqalada qaraqalpaq xalıq folklorınıń kelip shıǵıwı, qáliplesiwi hám janrlıq kóp túrliligi tallanǵan. Folklordıń xalıq tariyxın, úrp-ádetlerin, ruwxıy qádiriyatların sáwlelendiriwdegi ornı hám de zamanagóy dáwirde onıń áhmiyeti jarıtıp berilgen.


20.09.2025 Volume Issue View more Download
ABDULLA QODIRIY DRAMMALARINING G'OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI (“BAXTSIZ KUYOV” ASARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” asari va unda ta’kidlangan ta’limiy-axloqiy masalalar haqida fikr yuritiladi. Asarda muhabbat, ijtimoiy tengsizlik va adolatsizlik kabi dolzarb mavzular tilga olinadi. Asosiy qahramon Solih va Rahima o‘rtasidagi fojiaviy muhabbat hikoyasi orqali eski urf-odatlar qoralanadi.


20.09.2025 Volume Issue View more Download
SOLIQ MA'MURCHILIGINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI SOLIQ BAZASINI KENGAYTIRISH

Maqolada soliq ma’murchiligini raqamlashtirish jarayonlari va ularning soliq bazasini kengaytirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarni soliq tizimiga joriy etish orqali soliqlarni yig‘ish samaradorligini oshirish, “soya iqtisodiyoti”ni qisqartirish hamda fiskal shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan solishtirilib, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq ma’murchiligini raqamlashtirish davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va soliq bazasini kengaytirishda strategik omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.


20.09.2025 Volume Issue View more Download
METODIKA FANINING TA'LIM JARAYONIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

Metodika fani ta'lim jarayonining samarali bo‘lishini ta'minlashda asosiy o‘rin tutadi. Ushbu maqolada metodika fanining ta'limdagi roli, metodik yondashuvlar va uslublar, o‘qitishning turli metodlari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada metodikaning o‘quvchilarni ta'lim olishga qiziqtirishdagi ahamiyati, o‘qitish va o‘rganish jarayonlaridagi innovatsion metodlarni qo‘llashning zaruriyati va maqsadlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, metodika fanining o‘qituvchilarni tayyorlashda qanday muhim o‘rin tutishi haqida ham so‘z yuritiladi.


20.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor