Автором, для изучения качества жизни больных с рубцовыми деформациями до и после пластики был использован - "Краткий опросник ВОЗ для оценки качества жизни (WHOQOL-BREF)". Изучены результаты у 124 больных контрольной группы и у 135 пациентов в основной группе находившихся на лечении в отделении реконструктивной хирургии. Таким образом, анализ качества жизни больных с последствиями ожогов лица и шеи после хирургического лечения показал, что внедренные способы пластики позволили улучшить показатель оценки социально-физической сферы здоровья с 67,8±2,75 до 78,5±2,58 баллов (P<0.05).
Mazkur maqolada xotin-qizlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatning ahamiyati sotsiologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Unda xotin-qizlarning huquq va majburiyatlarini bilishi, amaldagi qonunchilikdan xabardorligi, huquqiy himoya mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda qonuniy xulq-atvorining jinoyatchilik profilaktikasidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar, oila, ta’lim, mahalla, ommaviy axborot vositalari va davlat institutlarining roli tahlil qilinadi. Maqolada xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish jinoyatchilikning oldini olishning muhim ijtimoiy mexanizmlaridan biri sifatida asoslanadi. Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali jinoyatchilik profilaktikasining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Mazkur maqolada numerologiyaning psixologiya, falsafa, madaniyatshunoslik, tarix, astrologiya hamda boshqa yondosh sohalar bilan o‘zaro aloqasi va fanlararo xususiyatlari tahlil qilinadi. Numerologiyada sonlarning ramziy, semantik va madaniy mazmun kasb etishi, ularning inson tafakkuri, dunyoqarashi va turli madaniy an’analardagi talqini masalalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, numerologik qarashlarning tarixiy shakllanishi, sonlarning ramziy ma’nolarini izohlashda turli fan va sohalarning yondashuvlari hamda ular o‘rtasidagi metodologik aloqadorlik yoritiladi. Tadqiqotda numerologiyaning mustaqil ilmiy fan sifatidagi maqomi bilan bog‘liq masalalar ham nazariy jihatdan muhokama qilinib, numerologik qarashlarni madaniy-falsafiy hodisa sifatida o‘rganish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Natijada numerologiya va yondosh sohalar o‘rtasidagi integrativ aloqalar insonning sonlar orqali borliqni anglash va ramziy ma’nolarni shakllantirish jarayonlarini tushunishda muhim nazariy manba bo‘lishi mumkinligi asoslanadi.
AQSh, Kanada va Yevropa Ittifoqida kichik tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish mexanizmlarini qiyosiy o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish. Metodlar: qiyosiy keys-tahlil, tavsifiy statistik tahlil, tizimli yondashuv, induksiya va deduksiya usullari qo‘llanildi; axborot bazasini OECD, Yevropa Komissiyasi, Global Affairs Canada, AQSh Aholini ro‘yxatga olish byurosi va O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari tashkil etdi. Natijalar: Kanadada eksport qiluvchi kichik va o‘rta korxonalar (KOB) ulushi 2011–2023-yillarda 10,4 foizdan 15,1 foizga oshgani, AQShda KOB aniqlangan eksportchilarning 97 foizdan ortig‘ini va ma’lum eksport qiymatining qariyb 35 foizini tashkil etishi aniqlandi. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari eksporti 2021–2025-yillarda 3,3 mlrd dollardan 12,4 mlrd dollarga (yillik o‘rtacha 39,2 foiz) o‘sib, jami eksportdagi ulushi 36,6 foizga yetgan. Qiyosiy tahlil eksportni qo‘llab-quvvatlash natijadorligi alohida vositalarga emas, balki moliyaviy, axborot, standartlashtirish, raqamli va kooperatsiya mexanizmlarining uyg‘unligiga bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Мазкур мақолада тижорат банкларида молиявий барқарорлик, капитал етарлилиги ҳамда банкларнинг ликвидлик кўрсаткичлари ҳақида фикр юритилади. Бугунги кундаги жадал иқтисодий ўзгаришлар тижорат банкларига юқорида санаб ўтилган кўрсаткичларга қандай таъсир ўтказиши, тижорат банкларининг молиявий барқарорлигини таъминлашда қандай ишларни амалга ошириш юзасидан мулоҳазалар юритилган.