Ushbu maqolada 1927–1930-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Hujum” harakati va “paranji tashlash” jarayonining ijtimoiy, madaniy hamda psixologik oqibatlari tahlil qilingan. Sovet hokimiyatining ayollarni ozod etish siyosati tashqi tomondan modernizatsiya ramzi sifatida ko‘rinsada mahalliy an’ana va diniy qadriyatlar bilan to‘qnash kelgan. Arxiv manbalari asosida ko‘plab ayollarning zo‘ravonlik va tazyiqlarga uchragani, ammo shunga qaramay, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortgani yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra “Hujum” harakati O‘zbekiston tarixida ayollar taqdirini tubdan o‘zgartirgan murakkab, ammo burilish davri sifatida baholanadi.
Mazkur maqolada Qoraqalpoq xalq dostonlarini o’qishning talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan .Unda dostonlarning nafaqat adabiy yodgorlik ,balki xalqning ma’naviy,madaniy va axloqiy merosining ajralmas qismi sifatida yosh avlod tarbiyasida tutgan o’rni ko’rsatib o’tilgan.Mualliflar talabalarning dostonlarini o’qish va tahlil qilish orqali milliy qadriyatlar tarixiy an’analar hamda estetik tafakkurni o’zlashtirishi badiiy nutq va ijodiy tafakkurni rivojlantirishi shuningdek maqolada qoraqalpoq dostonlarini ijro etishdagi qiyinshiliklar-yodlash emotsional ifoda ritmni saqlash sahna qo’rquvi va talaffuzdagi muammolari tahlil qilinadi hamda ularning yechimlari taklif etiladi.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishining bosqichlari, psixologik va fiziologik asoslari, shuningdek, ijtimoiy hamda pedagogik omillarining ahamiyati yoritilgan. Bolaning nutqini shakllantirishda oilaning, maktabgacha ta’lim muassasasining va tarbiyachining o‘rni tahlil qilingan. Maqolada bolalar nutqini rivojlantirishda o‘yin faoliyatining o‘rni, nutq mashqlari, badiiy asarlar va multimediya vositalaridan foydalanish usullari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu ilmiy maqolada soliq imtiyozlari vositasida investorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq islohotlari, ularning investitsion muhitga ta’siri hamda xorijiy kapitalni jalb etishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada soliq imtiyozlarining iqtisodiy mazmuni, ularning turlari (foyda solig‘i bo‘yicha yengilliklar, bojxona imtiyozlari, QQSdan ozod qilish, investitsion zonalar uchun soliq ta’tillari va boshqalar) hamda ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar — Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston va Polsha tajribalari bilan qiyosiy tahlil asosida O‘zbekiston soliq siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, soliq imtiyozlari investitsion faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi.
Ushbu maqolada virtual reallik (VR) texnologiyasining turizm va tibbiyot sohalarida qo‘llanilishining dolzarbligi, ilmiy va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda chet el tajribalari asosida VR texnologiyalarining tibbiy reabilitatsiyada samaradorlik ko‘rsatkichlari foizlarda keltiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida bu texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, VR asosidagi terapiya insultdan keyingi tiklanish jarayonlarida 14-20 % yaxshilanishga olib kelgani, turizm sohasida esa virtual marketing tashabbuslari sayohatga bo‘lgan qiziqishni oshirganini ko‘rsatadi.