ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY-INSTITUTSIONAL ASOSLARI

Mazkur tadqiqotda ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini saqlash faoliyatini tartibga soluvchi milliy qonunchilik bazasi hamda tashkiliy-tuzilmaviy (institutsional) mexanizmlari tizimli tahlil qilingan. Sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotda qoʻllanilishi, tizimning quyi va yuqori boʻgʻinlari oʻrtasidagi boshqaruv munosabatlari, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla) bilan hamkorlikning huquqiy asoslari yoritilgan. Amaldagi qonunchilik va institutsional tuzilmadagi boʻshliqlarni bartaraf etish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.


25.05.2026 Volume Issue View more Download
BOLALAR O'RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH. VOYAGA ETMAGANLAR O'RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH. VOYAGA YETMAGANLAR O'RTASIDA HUQUQBUZARLIK SHAKLLANISHINING SABABLARI

Bilamizki, barcha bolalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni holatlari ko‘p uchrab turadi. Ushbu maqola jinoyatchilikni oldini olish, uning profilaktikasi haqida so‘z boradi.


23.05.2026 Volume Issue View more Download
"YUSUF VA ZULAYHO" MAVZUSIDAGI ASARLARNING QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqolada “Yusuf va Zulayho” dostonining nusxalari o’rtasidagi qiyosiy tahlil o’rganiladi va ular o’rtasidagi o’xshashliklar hamda farqli jihatlar ko’rib chiqiladi. Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonining shu turkumdagi dostonlar ichidagi ahamiyati hamda Yusuf va Zulayho obrazlari haqida fikr yuritiladi.


23.05.2026 Volume Issue View more Download
HARBIY XIZMATCHILAR MAJBURIYATLARINING YURIDIK TABIATI

Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarning majburiyatlari tizimi, tasnifi hamda o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Harbiy xizmatning alohida tabiati bilan bog‘liq cheklovlar xalqaro inson huquqlari standartlari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan. Muallif harbiy xizmatchilar maqomini mustahkamlash uchun normativ-huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish, huquqlarni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish va qo‘shimcha kafolatlarni joriy etish zarurligini ilmiy jihatdan asoslangan.


22.05.2026 Volume Issue View more Download
HARBIY XIZMATCHILAR HUQUQLARI TASNIFI VA О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarning huquqlari, ularning tasnifi va o‘ziga xos xususiyatlari nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Muallif tomonidan harbiy xizmatchilar huquqlarini ta’minlashning zamonaviy konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini asoslantirilib, milliy va xorijiy olimlarning qarashlari, xalqaro standartlar hamda qiyosiy-huquqiy tajribalar ilmiy tadqiq etilgan.


22.05.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor