Mazkur maqolada rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning fuqarolik hayotiga qayta moslashuvi jarayonida reintegratsiya indekslarining psixosotsial korrelyatlari xorijiy ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotlarda reintegratsiya shaxsning faqat individual psixologik moslashuvi emas, balki oilaviy tizim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy bandlik, fuqarolik identifikatsiyasi, psixologik moslashuvchanlik, stressga bardoshlilik va ijtimoiy kapital bilan bog‘liq ko‘p darajali jarayon sifatida talqin etiladi.
Ushbu maqolada sud hokimiyatining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi hamda davlat hokimiyati tizimida hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining amaliy ta’minlanishi mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida sud hokimiyatining mustaqilligi, uning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan o‘zaro tiyilish va muvozanatlashish tizimidagi o‘rni zamonaviy konstitutsiyaviy islohotlar kontekstida tadqiq etilgan. Muallif sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashning huquqiy kafolatlari, sud tizimini shakllantirish tartibi va odil sudlovni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni qiyosiy-huquqiy metodlar yordamida ochib beradi. Maqolada sud hokimiyatining chinakam mustaqilligiga erishish, uning nufuzini oshirish va hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalda to‘liq realizatsiya qilishga qaratilgan ilmiy-nazariy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning tarbiyaviy, ma’naviy va ijtimoiy funksiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Oilaning shaxs kamoloti, barkamol avlod tarbiyasi, milliy qadriyatlarning saqlanishi hamda jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy oilalar oldida turgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari ilmiy-nazariy manbalar asosida bayon etiladi. Oila institutini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda davlat va jamiyatning bu boradagi vazifalari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada muzey fondlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, tarixiy va madaniy merosni saqlashdagi ahamiyati hamda eksponatlarni saqlash, tadqiq etish va namoyish qilish tamoyillari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, muzey fondlarini shakllantirish, ularni ilmiy ro‘yxatga olish, restavratsiya qilish va zamonaviy texnologiyalar asosida muhofaza etish masalalari tahlil qilingan. Muzey fondlari orqali xalqning moddiy va ma’naviy merosi kelajak avlodlarga yetkazilishi asoslab berilgan.
This article explores the integration and effectiveness of digital technologies in teaching English as a foreign language in school education. In the era of rapid technological advancement, traditional teaching methods are being enhanced by interactive tools, multimedia resources, and online platforms. The paper analyzes how digital tools—such as educational applications, gamification, and interactive whiteboards—boost students’ motivation, engagement, and language proficiency. Furthermore, it addresses the challenges faced by educators, including the lack of digital literacy and technical infrastructure, and provides practical recommendations for successful technology integration in the EFL (English as a Foreign Language) classroom.