Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Bu hayot juda tez-boshdagi do’ppini bir aylantirguncha o’tadi- ketadi. Shu qisqa fursatda inson xalq uchun, Vatan uchun, o’z farzandlari va kelgusi nasllar uchun savobli ishlar qilib ulgurishi kerak. Oliyjanob xalqimizning ezgu tasavvur va tushunchasiga ko’ra, har bir odam dunyoga kelib, uchta xayrli ishni ado etishi kerak. Birinchisi, sog’lom va oqil farzand tarbiyalab voyaga yetkazish, Ikinchisi, o’z oilasi, farzandlari uchun imorat qurish, Uchinchisi, kelajakni o’ylab, yaxshi niyat bilan daraxt o’tqazish. Bu insoniy intilishlarda millatimizning barkamol avlod haqidagi orzu-umidlari o’z aksini topgan. Qisqasi, o’zbekning hamma orzu-havaslari, hayotining mazmunida farzandlarining kelajagi, baxt-u saodati bilan bog’liq maqsadlarni ko’ramiz. Vatan hissi, Vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrliroqdir.
Maqolada tadqiqot asosida malakali bokschi-talabalarning maxsus jismoniy va funksional tayyorgarligi va ularning o‘quv yili davomida rivojlanishi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Aniqlanishicha, so‘rovdan o‘tgan bokschilarning jismoniy va funksional tayyorgarligi bo‘yicha rivojlanish darajasi namunaviy ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda past bo‘lganiga qaramay, o‘quv yili yakuniga ko‘ra ularning rivojlanish belgilari ahamiyatsiz bo‘lib chiqdi. Shu sababli, bu ko'nikmalarni rivojlantirish uchun mashg'ulotlardan maqsadli foydalanishga darsda etarlicha e'tibor berilmaganligini ko'rsatadi.