Tarjimashunoslik fanining rivojlanish tarixi, uning asosiy bosqichlari va muhim voqealarini o'rganishga bag'ishlangan hamda qadimgi davrlardan tortib hozirgi zamongacha bòlgan davrni qamrab oladigan tarjimashunoslik nazariyasi va amaliyotining shakllanishi, uning boshqa fanlar bilan boĝliqligi, shuningdek, tarjimonlarning ijtimoiy va madaniy roli ushbu maqolada tahlil qilinadi. Tarjima nazariyalarining rivojlanishi, tarjima uslublari va texnologiyalari, shuningdek tarjimadagi muammolar va ularning yechimlari ham muhokama qilinadi.
Ushbu maqolada bugungi kunda ko’plab insonlarda uchraydigan kasalliklardan biri parkinson kasalligining kelib chiqish sabablar va kimlarda bu kassallik ko’p uchrashi, uning salbiy oqibatlari, shuningdek davolashda qanday chora tadbirlar qo’llanishi va tabiiy yo’llar bilan davolash mumkinligi haqida ma’lumot berilgan.
Ushbu maqolada jigar oʻsmalari, yoki jigar saratoni, jigar to'qimalarida paydo bo'ladigan o'smalarni anglatadi. Ushbu o'smalar jigarning dastlabki o'smalari yoki boshqa organlardan jigarga tarqalgan metastatik o'smalar sifatida tasniflanishi mumkin. Jigar oʻsmalarining patolorfologik xususiyatlari, shuningdek, ularning rivojlanish bosqichlari va hujayra tuzilishi haqida muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Jigar saratoni global miqyosda salomatlik muammolaridan biri bo'lib, uning yuqori o'lim darajasi va erta aniqlanishidagi qiyinchiliklar ushbu tadqiqotning dolzarbligini oshiradi. Jigar oʻsmalari bilan bog'liq asosiy muammolar orasida ularning erta aniqlanishi, davolash usullarining samaradorligi va bemorlarda o'smalarni kuzatishning qiyinchiliklari mavjud. Ko'plab bemorlar jigar saratonining erta bosqichlarida belgilarsiz rivojlanayotgan o'smalarga ega bo'lishi sababli, uni erta aniqlash juda qiyin. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, yiliga taxminan 900,000 odam jigar saratonidan vafot etadi. Bu o'smalar ko'pincha virusli gepatit va alkogolga bog'liq kasalliklar bilan bog'liq, shuningdek, Xitoyda o'tkazilgan tadqiqotlar jigar saratonining yuqori tarqalishini ko'rsatadi.
Ushbu maqolada buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan biri Abdurauf Fitratning “Munozara’’(Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning jadid maktablari xususida qilg’on munozasi) asarida ilgari surilgan ma’rifatparvarlik g’oyalari, “usuli Qadim” va “ usuli jadid” maktabining bir biridan farqi, yangi jadid maktabining afzalliklari, Buxoro amirligining siyosiy-iqtisodiy manzarasi, aholining ijtimoiy turmush tarzi, ta’limi- tarbiyaviy ahvoli xususida so’z boradi. Zero bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida, ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.
Ushbu maqola mintaqaviy sharoitlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion strategiyalarni o‘rganadi. Rivojlanayotgan iqtisodiy muammolar sharoitida kichik korxonalar mintaqaviy rivojlanishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tadqiqot raqamli texnologiyalarni integratsiyalash, hamkorlik tarmoqlarini rivojlantirish va mahalliy resurslardan foydalanish kabi takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Muvaffaqiyatli amaliy tadqiqotlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqqan holda, bu ish siyosatchilar, tadbirkorlar va manfaatdor tomonlar uchun amaliy tavsiyalar beradi.