Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janri bo‘lib, ular xalqning madaniy, ijtimoiy va tarixiy merosini aks ettiradi. Bu janr til orqali yetkaziladigan obrazli ma’lumotlarga boy bo‘lib, til va madaniyat o‘rtasida chuqur bog‘liqlikni namoyon etadi. Ingliz va o‘zbek madaniyatlarida topishmoqlar uzoq tarixga ega bo‘lib, har birining til va madaniyatga xos o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek topishmoqlarining lingvistik xususiyatlari o‘rganiladi, ularning umumiy tomonlari tahlil qilinadi va farqlari aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda avtomobil transporti inson hayoti uchun katta qulaylik yaratish bilan birga, atrof-muhitga ham sezilarli darajada zarar yetkazmoqda. Avtomobillarning ko‘payishi, yo‘llarning kengayishi va transport harakatining ortishi ekologik muammolarning keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada avtomobil yo‘llari bilan bog‘liq asosiy ekologik muammolar va ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada gonokokklarning patogenlik xususiyatlari, fermentlari va toksinlari haqida so‘z boradi. Gonokokk infektsiyasi bakterial antroponotik kasallik bo‘lib, asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi va siydik va reproduktiv tizimlarga ta’sir qiladi. Gonoreya juda yuqumli va har qanday jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin. Ammo, tarqalishiga qaramay (trichomoniasis va xlamidiyadan keyin uchinchi eng keng tarqalgan STI), kasallik davolanadi va juda kamdan-kam hollarda o'limga olib keladi. Gonokokklar odamda siydik-tanosil yoʻllari (soʻzaklar) va koʻz (blennoreyatsya) shilliq qavatining yiringli kasalliklarini qoʻzgʻatadi. Maqolaning mohiyatida gonokokklarning oldini olish va davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.
Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda 5 E modeli asosida darslarni tashkil etish, o‘quvchilarni darsga jalb qilish, qiziqtirish, mavjud bilimlarini tadqiq qilish, mavzuni turli xil usullar bilan tushuntirish, ko‘nikmalar asosida bilimni amaliyotga qo‘llash va olgan bilimlarini baholash to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu maqolada bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari (prekantsereoz holatlar) va ularni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Patofiziologik o‘zgarishlar, diagnostik usullar, ularning samaradorligi hamda kasallik rivojlanish xavfini kamaytirish uchun olib boriladigan profilaktik tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy molekulyar va immunologik diagnostika usullari haqida ham so‘z yuritiladi.