Ushbu maqola imo-ishora tili tizimida yangi imo-ishoralarning roli va ularning kommunikativ samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun imo-ishora tili hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, ular bilan samarali muloqotni ta'minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Maqolada, yangi imo-ishoralarning til tizimiga qo‘shilishi, tilning leksik boyligini kengaytirish va kommunikativ imkoniyatlarni oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Ушбу мақола квант кимёвий тадқиқотларга, метилен гуруҳлари сонининг пропилендиамин реактивлигига таъсирига бағишланган. Электрон тузилиш ва энергия характеристикалари ҳақидаги маълумотларни таҳлил қилиш, реагентларнинг реактивлиги ва синтезнинг маҳсулдорлигида метилен гуруҳларининг ролини аниқлаш имконини беради.
Maqolada nogironlar va nogiron bolalarni itimoiy-psixologik reabilitatsiya qilish ularning xalqaro huquqdagi himoyasi bosgichlari tahlil qilingan. Xalqaro huquqiy jamiyatning nogironlarga bo’lgan e’tibori va nogironlarni huquqiy jihatdan olib borilayotgan ishlar atroflicha o’rganilgan. Nogironlarning xalqaro doiradagi huquqlarini to’laqonli himoya qilish va ularga sharoitlar yaratib berish ko’rib chiqilgan.
Ushbu maqolada yangi oʻzlashma soʻzlarning talaffuzi va imlosiga oid ayrim mulohazalar bayon etilgan. Oʻzlashma soʻzlar imlosi va talaffuzi oʻrtasidagi muvofiqlik va nomuvofiqliklar tahlil qilingan. Shuningdek, oʻzlashma soʻzlarning toʻg‘ri talaffuzi va imlosini aniqlashga oid tavsiyalar berilgan.
Ushbu ilmiy maqolada etnos va millat tushunchalarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Maqolada, birinchidan, etnos va millat tushunchalarining tarixiy, madaniy va siyosiy jihatlari chuqur o‘rganilgan. ushunchalar o‘rtasidagi farqlar va o‘xshashliklar tahlil qilingan holda, har birining ijtimoiy ahamiyati, jamiyatdagi roli va o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.