Ushbu maqolada arab va o‘zbek tillaridagi “Son” so‘z turkumiga oid muhim qoidalar; arab tili o‘rganuvchilari uchun ba‘zan qiyinchiliklar tug‘diradigan, murakkab qurilishlardan tashkil topgan jihatlari; ayniqsa, 11 dan 19 gacha bo‘lgan sonlarning sanalmish bilan sintaktik aloqasi; ularning gap tarkibida kelgandagi turlanish holatlari; har ikkala tildagi o‘xshash va farqli jihatlari bir-biriga taqqoslangan holatda turli xil misollar yordamida o‘rganildi.
Типик бўз тупроқ шароитида таркибида кальций ва кальций магний бўлган гранулланган аммиакли селитра ўғити (N200кг/га) ва мис, рух ва молибден бўлган азот кальций ўғити (N200кг/га) Р140 К100 кг/га фонида қўлланилганда ўсимлик органларида умумий азот,фосфор ва калий моддаларни яхши тўпланишига эришилди.
Bul maqalada mádeniyat túsinigi belgili bir tariyxıy dáwirdiń jámiyetlik-ekonomikalıq dúzimniń, belgili jámiyettiń, eldiń, xalıqtıń turmıstıń ayırım táreplerin qamtıwı, tar mánide mádeniyat degen túsinik adam ómiriniń ruwxıy táreplerin bildiriwi haqqında sóz etilgen.
Ushbu maqolada davriy sistemaning III A guruhiga mansub elementlardan biri bo‘lgan alyuminiyning davriy jadvaldagi o‘rni va uning fizik-kimyoviy xossalari o‘rganilgan. Alyuminiy, atom raqami 13 bo‘lgan metall bo‘lib, davriy sistemada uchinchi davr va III A guruhida joylashgan. Mazkur maqolada alyuminiyning atom tuzilishi, ionlashish energiyasi, elektromanfiylik va oksidlanish darajasi kabi xossalari tahlil qilinadi. Alyuminiyning fizik xossalari, jumladan, zichligi, suyuqlanish va qaynash nuqtalari, elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi, shuningdek, kimyoviy faoliyati ham keng ko‘lamda ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, uning atmosfera ta’sirida passivlanishi va korroziyaga chidamliligi muhim jihatlaridan biri sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada alyuminiyning sanoat va texnologiyalardagi ahamiyati, uni olish va qayta ishlash jarayonlari ham qisqacha yoritiladi.