Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash zamonaviy davlat boshqaruvida eng muhim va dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik davlatning milliy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy tizimning barqaror ishlashini ta’minlash hamda ichki va tashqi tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini ifodalaydi. Shu sababli har bir davlat o‘z iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan samarali mexanizmlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Русский язык играет важную роль в экономических отношениях, выступая универсальным средством деловой коммуникации. Он облегчает обмен информацией, способствует успешным переговорам и заключению контрактов, а также обеспечивает доступ к нормативной и научно-экономической базе. Особенно значим русский язык в интеграционных процессах на постсоветском пространстве, где он служит связующим звеном между различными странами. Использование русского языка укрепляет доверие между партнёрами и расширяет возможности международного сотрудничества.
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning ahamiyati hamda uning amaliyotdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Muallif inklyuziv ta’lim mazmunini shaxsiy hayotiy tajribasi orqali yoritib beradi. Shuningdek, maqolada inklyuziv bolalar bilan ishlash jarayonida uchraydigan muammolar, pedagog va ota-onalarning roli ham tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish va bolalarga teng imkoniyat yaratish zarurligi haqida fikrlar bildiriladi.
Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси қонунчилигига гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддаларнинг ноқонуний айланишига қарши курашиш мақсадида киритилган янги ўзгартиришлар таҳлил қилинади. Муаллиф нарколабораториялар ташкил этганлик, мансабдор шахсларнинг бу соҳадаги жиноятларга шериклиги ва вояга етмаганларни гиёҳвандликка жалб қилганлик учун жавобгарлик кучайтирилганига алоҳида тўхталиб ўтади. Мақоланинг бош ғояси — миллат генофондини асраш ва жамиятда наркотик моддаларга нисбатан муросасиз муҳитни шакллантиришдан иборат.
Ushbu maqolada tabiiy flavonoidlarning kimyoviy tuzilishi, tasnifi va inson organizmidagi bioorganik jarayonlardagi ro'li tahlil qilinadi. Flavonoidlarning antioksidant xususiyatlari, ularning erkin radikallarni neytrallashdagi ahamiyati va turli kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, flavonoidlarning asosiy tabiiy manbalari va ularni iste’mol qilishning sog‘liq uchun foydali jihatlari ko‘rib chiqilgan.