Ushbu maqolada bioparchalanuvchi polimerlarga qo‘yiladigan xalqaro standartlar, ularning asosiy tamoyillari va ekologik baholash mezonlari tahlil qilinadi. Polimer materiallarning biologik parchalanish qobiliyatini baholashda qo‘llaniladigan eng muhim standartlar – ASTM D6400, EN 13432, ISO 17088 va boshqalar yoritiladi. Maqolada, shuningdek, ushbu standartlarning global amaliyotdagi o‘rni va ularni joriy etishdagi muammolar ko‘rib chiqilgan.
Mazkur maqolada globallashuv va raqamlashuv jarayonlari tadbirkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa, raqamli marketing imkoniyatlari orqali mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga olib chiqish omillari ko’rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar vositasida tadbirkorlar mijozlar bilan yaqin aloqada bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda qanchalik muhim ekanligi tahlil qilingan. Bu maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonda tadbirkorlikda raqamli marketingdan foydalanishning innovatsion yondashuvlari va yo‘nalishlari tahlil qilingan.
Ushbu maqolada yunon-rum kurashi turlari, uning asosiy qoidalari, mazkur sport turining o‘ziga xosligi va eng ko‘p qo‘llaniladigan kurash usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, yunon-rum kurashining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘rni, yosh sportchilarga o‘rgatilishi kerak bo‘lgan asosiy jihatlar tahlil qilinadi. Maqola sportchilar, murabbiylar hamda sport ta’limi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydalidir.
Ushbu maqolada xavfsizlik tizimlarining boshdan kechirgan evolyutsion jarayoni keng ko'rib chiqiladi. Elektron qulf va raqamli tehnologiyalar dastlabki qadamlar sifatida ko'rsatiladi, so'ngra biometrik nazorat va masofaviy monitoring kabi zamonaviy texnologiyalar taqdim etiladi.