Mazkur maqolada fransuz paremiologiyasida “mamot” konseptining grammatik modellari tahlil qilinadi. O‘lim tushunchasi insoniyat tarixidagi eng universal va falsafiy kategoriyalardan biri sifatida barcha madaniyatlarda uchraydi va har bir xalqda o‘ziga xos talqin qilinadi. Fransuz maqollarida “la mort”, “mourir”, “fermer les yeux”, “rendre l’âme”, “décéder”, “quitter ce monde”, “rejoindre les ancêtres” kabi birliklar orqali o‘lim konsepti ifodalanadi. Ushbu birliklarning grammatik tuzilmalari, semantik xususiyatlari hamda ularning xalq mentaliteti bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Tahlil natijasida “La mort + être”, “Fermer les yeux + c’est + infinitif”, “Mourir + complément”, “Quitter ce monde + c’est + infinitif” kabi modellar eng faol qo‘llanilishi aniqlangan. Ushbu modellar orqali o‘limning ontologik mohiyati, axloqiy-didaktik mazmuni va poetik-metaforik talqini yoritiladi. Maqola fransuz paremalarining lingvistik, madaniy va falsafiy ahamiyatini ochib beradi.
Mazkur maqolada mehnat bozorida pul munosabatlarining mohiyati, ish haqi tizimining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda xodimlarni rag‘batlantirishda motivatsiya mexanizmlarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ish haqi va motivatsiya tizimining samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan.
Мақолада ўғрилик жиноятларида электрон из, кибериз ва рақамли мулк тушунчаларининг жиноят-ҳуқуқий аҳамияти таҳлил қилинган. Рақамли муҳитда ўғрилик предмети, объектив томони, яширинлик белгиси ва жиноятнинг тугалланиш пайтини аниқлашда электрон ҳамда киберизларнинг ўрни ёритилган. Шунингдек, рақамли мулкни мулкий қиймат ва истисно назорат объекти сифатида баҳолаш зарурлиги асослаб берилган.
Ushbu maqolada Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodi iqtisodiy tafakkur bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Xususan, Qutlug‘qon romani misolida ijtimoiy tabaqalanish, iqtisodiy tengsizlik va mehnat masalalarining badiiy ifodasi yoritiladi. Tadqiqot natijasida Oybekning iqtisodiy bilimlari uning realizm ruhidagi ijodiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani asoslab beriladi.
Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Yozuvchi asarlarida realistik tasvir, inson ruhiyati va jamiyat hayoti chuqur badiiy ifoda topgan. Shuningdek, uning ijodi o‘zbek nasrining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi ilmiy-ommabop tarzda yoritiladi.