International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



SIFAT MENEJMENT TIZIMINING ISTE'MOLCHILAR EHTIYOJINI QONDIRISHDAGI O'RNI VA TA'SIRI

Ushbu maqolada sifat menejment tizimining (SMT) tashkilotlarda iste’molchilarning ehtiyoj va talablarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularga javob berishdagi o‘rni va amaliy ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda ISO 9001:2015 xalqaro standarti tamoyillari asosida SMTning samaradorlik ko‘rsatkichlariga, mijoz qoniqishiga, ichki jarayonlar optimallashuviga hamda raqobatbardoshlikning oshishiga ta’siri empirik va statistik asosda tahlil qilingan. O‘zbekiston tajribasi misolida SMTni joriy etishdagi yutuqlar, huquqiy asoslar, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari SMTning tashkilot barqarorligi va mijoz sodiqligini shakllantirishdagi strategik ahamiyatini isbotlaydi.


14.05.2025 Volume 4 Issue 5 View more Download
JAMIYATNING YANGILANISHI SHAROITIDA INSONLARNING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQLARINI TA'MINLASHNING DOLZARB MASALALARI

Mustaqil demokratik yo'ldan dadil odimlayotgan O'zbekistonning eng ulug' maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko'zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e'tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13-moddasida “O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” [1] deyilgan. Ushbu maqolada, jamiyatning yangilanishi sharoitida insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashning dolzarb masalalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.


14.05.2025 Volume 4 Issue 5 View more Download
JADIDCHILIK HARAKATI: TARIXIY TAHLIL VA XORIJIY ILMIY TADQIQOTLAR

Ushbu maqolada jadidchilik harakatining tarixi, uning asosiy g‘oyalari va ta’siri xorijiy olimlarning ilmiy tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi. Xususan, ingliz tadqiqotchilari Adeeb Khalid, Geoffrey Wheeler, Edward Allworth va S. Frederick Starr tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida jadidchilik harakatining o‘rganilishi ko‘rib chiqiladi. Turkiston o‘lkasidagi jadidchilik harakati, uning siyosiy va madaniy jihatlari chuqur tahlil qilinadi.


14.05.2025 Volume 4 Issue 5 View more Download
IMOM BUXORIY ASARLARINING XORIJDA O'RGANILISHI

Ushbu maqolada islom olamining buyuk muhaddisi Imom Buxoriyning asarlari, xususan, 'Sahih al-Buxoriy'ning xorijiy mamlakatlardagi mashhur universitetlarda o'rganilishi va tadqiq qilinishi yoritiladi. Shuningdek, chet ellik olimlarning Imom Buxoriy merosi haqidagi ilmiy ishlari tahlil qilinadi va ulardan iqtiboslar keltiriladi.


14.05.2025 Volume 4 Issue 5 View more Download
“TARIX” NI YARATGAN MARDLAR YOHUD “BUYUK G‘ALABA”GA QO‘SHILGAN HISSA

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining Vatan uchun olib borgan kurashlari, ular keltirgan g‘alaba sabab hozirgi tinch-osoyishta hayotga erishganligimiz va mustaqillik yillaridan hozirgacha nafaqat faxrli urush ishtirokchilari, balki, ilm-fan sohasidagi ziyolilar shaxsiyatlarini abadiylashtirish va chuqur izlanishlar olib borishdagi islohotlar haqida yoritildi. Ta’lim orqali yoshlar ongida buyuk tarixni haqiqiy jonlantirish va taraqqiyot sari ilg‘or qadamlar tashlab, ajdodlarimiz ko‘zlagan maqsadga biz erishishimiz-vazifamiz ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.


12.05.2025 Volume 4 Issue 5 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor