1993-yilda Movarounnahr musulmonlari idorasi tizimida muhim oʻzgarish-muftiy, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning isteʻfoga chiqishi va uning oʻrniga yangi muftiy tayinlanishi yuz berdi. Ushbu voqea idora tarixidagi muhim bosqich boʻlib boʻlib, 1996-yilgacha boʻlgan davr, hozirgi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimining shakllanishida soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur maqolada bu davrda yuz bergan muhim voqeliklar, tarixiy hodisalar va ularning tahlili haqida soʻz boradi.
Mazkur maqolada shaharlarda yuzaga kelayotgan mikroiqlim o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq ekologik muammolar muhokama qilinadi. Asosiy e’tibor muhandislik asosidagi yechimlarga — yashil tomlar, aqlli ventilyatsiya tizimlari, aerodinamik loyihalash, suvni qayta aylantirish tizimlari kabi yondashuvlarga qaratilgan. Shahar iqlimini nazorat qilish orqali ekologik barqarorlikka erishish yo‘llari tahlil qilinadi.
Mazkur ishda Temuriylar davrida tibbiyot sohasining taraqqiyoti, ilmiy an’analari va mashhur tabiblar faoliyati yoritilgan. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining davomchilari, Husayn Boyqaro davridagi ilmiy muhit, shuningdek, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning tibbiyotga bo‘lgan e’tibori tahlil qilingan. Temuriylar davrida dorixonalar, shifoxonalar va ilmiy markazlar faoliyati, o‘sha davrdagi kasalliklarni davolash usullari hamda tibbiy adabiyotlarning yaratilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ish tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tibbiyot fanining rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan.
Epiteliy to‘qimalari inson organizmidagi eng muhim to‘qimalardan biri bo‘lib, ularning turli xil shakl va funksiyalari tana tuzilishi va faoliyatini boshqarishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada epiteliy to‘qimalarining turlari, tuzilishi, joylashuvi va funksional farqlari batafsil tahlil qilinadi. Epiteliy to‘qimalarining har bir turi o‘ziga xos vazifalarni bajarib, kasalliklar paytida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni tushunishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada shuningdek, epiteliy to‘qimalarining klinik ahamiyati va regeneratsiya salohiyati haqida ham so‘z boradi.
Mazkur maqolada stol tennisi sport turining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Dastlabki havaskor ko‘rinishdan boshlab xalqaro sport darajasigacha bo‘lgan taraqqiyot jarayoni yoritilgan. Xalqaro tashkilotlarning roli, qoidalar evolyutsiyasi, texnik va taktik yangilanishlar alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, stol tennisi O‘zbekistonda rivojlanishi, federatsiyaning tashkil topishi, musobaqalar tizimi va yoshlar tayyorlovidagi yondashuvlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar va mahalliy tajribalar asosida umumiy xulosalar berilgan hamda istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan.