So'nggi yillarda sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi butun dunyo bo'ylab iqtisodiy va pedagogik sohalarda katta o'zgarishlarni yuzaga keltirdi. Iqtisodiy ta'limda innovatsion pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqish va tatbiq etish, ayniqsa, sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, ta'lim jarayonini yanada samarali va interaktiv qilish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, sun'iy intellektdan foydalanish iqtisodiy ta'limning sifatini oshirishga, o'quvchilarning iqtisodiy bilimlarini mustahkamlashga, shuningdek, ta'lim tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida tafakkur feʼllarining semantik xususiyatlari denotativ va sintagmatik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda feʼllarning asosiy maʼno darajalari, ularning kontekstdagi vositalari, boshqa feʼl guruhlari bilan aloqadorliklari koʻrib chiqiladi. Sintagmatik tahlil orqali feʼllarning valentlik xususiyatlari aniqlanadi va ular asosida leksik-semantik guruhlar shakllantiriladi.
Ҳозирги замонда инсон ҳуқуқлари муҳим ўрин тутади. Бизнинг фикримизча, ҳуқуқий давлат қурилишидаги асосий шартлардан бири бу жамиятда инсон ҳуқуқлари ва эркинликларини кенгайтириш ҳамда ҳимоя қилиш ҳисобланади. Унчалик узоқ бўлмаган ўтмишда ҳам инсон ҳуқуқлари фақатгина ички давлат органлари доирасида тартибга солинган. Ҳар бир давлат ўз юрисдикциясида бўлган фуқаро ва шахсларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳажмини фақат ўзларигина ҳал қилиш ҳуқуқига эга деб ҳисоблар эдилар.
Davlatlar o’rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalar rivojlanib borgani sari xalqlar o’rtasidagi aloqalar ham mustahkamlanib boradi. Qadimda mavjud bo’lgan Buyuk ipak yo’li ham shunday aloqalar natijasida vujudga kelgan. Ushbu maqolada, O’rta Osiyo va qadimgi Xitoy aloqalari rivojlanishi, sharq va g’arbni bog’lab turuvchi Buyuk Ipak yo’li vujudga kelish tarixi haqidagi ma’lumotlarga egabo’lasiz. Shuningdek, O’rta osiyo va Xitoy munosabatlari doimo tinchlik yo’li bilan olib borilmagan, ular o’rtasidagi harbiy to’qnashuvlar ham sodir bo’lgan. Shunga qaramasdan, ular o’rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalar to’xtovsix davom etgan.